2019 yil 25 mart kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2016-2018 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2018 yilda bajarilishi va 2019-2021 yillar uchun tuziladigan Jamoa shartnomasini tasdiqlash yuzasidan Konferensiya oʻtkazildi.

20190325_115342.jpg

Konferensiya ishida Oʻzbekiston Neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnat muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassisi S.S.Egamberdiyev, Qashqadaryo viloyat Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasining mehnat muhofazasi boʻyicha boʻlim mudiri A.E.Xoʻjaqulov, Oʻzbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qashqadaryo viloyatdagi masʼul tashkilotchisi F.M.Tursunov ishtirok etdilar.

27032019-6.jpg

Konferensiya kun tartibida Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida 2016-2018 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2018 yildabajarilishi toʻgʻrisida, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida 2016-2018 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi toʻgʻrisidagi mehnat konsultatsiyasi doimiy komissiyasining dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida,“Oʻzbekneftgaz” AJ va Oʻzbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi oʻrtasida imzolangan tarmoq tarif kelishuvi asosida va tarmoq maketiga moslab majmuaning 2019-2021 yillar uchun moʻljallangan jamoa shartnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Kun tartitibidagi 1-masala yuzasidan SHGKM xodimlarining yagona vakili sifatida kasaba uyushma qoʻmitasining raisi Yu.Botirov va ish beruvchi tomonidan majmuaning iqtisodiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Turdiyev maʼruza qildilar, maʼruza yuzasidan muzokaralarda majmuaning Sanoat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash va mehnat xavfsizligi xizmati muhandisi Z.Sh.Rashidov va BGHT sexi demin suv tayyorlash qurilmasi katta operatori B.U.Abdirahmonov soʻzga chiqdilar, shundan soʻng kun tartibidagi 2-masala 2016-2018 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2018 yilda bajarilishi toʻgʻrisidagi mehnat konsultatsiyasi doimiy komissiyasining dalolatnomasi oʻqib eshittirildi va muhokama etib tasdiqlandi.

Konferensiya delegatlari tomonidan yangi qabul qilinadigan Jamoa shartnomasining loyihasi qizgʻin muhokama qilinib, taklif va mulohazalar inobatga olingan holda qarorlar qabul qilindi. Shaffof oʻtgan ushbu Konferensiya kun tartibidagi barcha masalalarni toʻliq koʻrib chiqqanligini inobatga olib oʻz ishini yakunladi.

 

"SHGKM" MCHJ Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi

Yu.Botirov