15.02.2019 Majmua yangiliklari

“Jamiyatda yashash sanʼati” loyihasi davom etmoqda

“Shurtan” GKM xotin-qizlar qoʻmitasi boshlagan“Jamiyatda yashash sanʼati” loyihasi davom etmoqda. 2019 yil 12 fevral kuni majmua seh, boʻlim ish yurituvchilari bilan alohida hamda ishchilar shaharchasi maishiy xizmat koʻrsatish xodimalari ishtirokida keyingi trening-davra suxbati oʻtkazildi. Trening davomida ishtirokchilar “Toʻgʻri yashash nima?” savoli atrofida munozara olib borib, inson yashaganda xam yaxshi yashash uchun muhim boʻlgan xususiyat va jihatlar haqida maʼlumotlar olishdi.

07.02.2019 Majmua yangiliklari

“XXI asrdagi taʼlim. Singapur tajribasi”

2019 yilning yanvar oyida Toshkent shahridagi “ZIYO MUALLIM” pedagoglarni rivojlantirish markazi va Singapur “Educare International Consultancy” hamkorligida oʻquv seminari oʻtkazildi.Bu oʻquv seminaridabizning “Erkatoy ” MTM jamoasidanbirnechtapedagoglarishtiroketdilar.

05.02.2019 Majmua yangiliklari

Jamoa shartnomasi - xodimlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasining kaliti

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ kasaba uyushma qoʻmitasi ish beruvchi bilan hamkorlikda majmuada jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelayotgan sex, tarmoq, boʻlim va xizmatlarning kasaba uyushma qoʻmitasi yetakchilari uchun 2019 yil 1 fevral kuni seminar-trening oʻtkazdi. Ushbu seminar-treningda ish beruvchining vakillari, kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotining bir guruh xodimlari, faol aʼzolar, majmuaning sex, tarmoq, boʻlim va xizmatlarida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchilar ishtirok etdilar.

29.01.2019 Majmua yangiliklari

Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiya jadallashtirilmoqda

Mamlakatimiz taraqqiyotining bosh omillaridan biri jamiyat istiqbolini belgilaydigan va zamon talablariga javob beradigan taʼlim tizimini rivojlantirish masalasidir. 2019 yil 24 yanvarda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori Sh.Aslanov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan neft-gaz sohasiga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan oxirgi 2 oy ichida navbatdagi uchrashuv oʻtkazdi.

16.01.2019 Majmua yangiliklari

“Vatan himoyasi – muqaddas burch!”

2019 yil 14 yanvar kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning katta majlislar zalida tasdiqlangan rejaga asosan “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” mavzusida maʼnaviyat soati oʻtkazildi. Ushbu maʼnaviyat soatida majmuaning ijtimoiy rivojlanishboʻyicha bosh mutaxassisi U.Xonqulov 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilanganligi toʻgʻrisida maʼruza qildi.

Ishonch telefoni
(+998 75) 552-42-54
Sotish va marketing
(+998 75) 552-41-88
Devonxona
(+998 75) 552-41-58