Tarixi

  • 2019

    “Koʻpirtirilgan polietilen va streych plenka ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilmoqda

    Majmua taʼsischiligida “Xazorasp” EIXdida “Koʻpirtirilgan polietilen va streych plenka ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

  • 2018

    “Kanalizatsiya tizimi uchun truba va ularni bogʻlovchi qismlar ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi

    “Polipropilen quvurlari” SHK (“Navoi” EIXda) negizida “Kanalizatsiya tizimi uchun truba va ularni bogʻlovchi qismlar ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi.

  • 2017

    “Shishabazalt tola asosida PP trubalar ishlab chiqarish” loyihasi asosida raqobatbardosh va import oʻrnini bosuvchi yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

    “Polipropilen quvurlari” SHK (“Navoi” EIXda) negizida “Shishabazalt tola asosida PP trubalar ishlab chiqarish” loyihasi asosida raqobatbardosh va import oʻrnini bosuvchi yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

  • “Yangiariq plast” MCHJ va “Nukus polimer” MCHJ korxonalari barpo etildi

    Majmua taʼsischiligida Yangiariq tumanida (Xorazm viloyati) “Yangiariq plast” MCHJ va Nukus tumanida (Qoraqalpogʻiston Avtonom Respublikasi) “Nukus polimer” MCHJ korxonalari barpo etildi, buning natijasida ushbu korxonalarda polimer yashiklar, idishlar va trubalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

  • “Qurbonteks” MCHJ negizida ip-kalava ishlab chiqarish tashkil etildi

    Majmua taʼsischiligidagi “Qurbonteks” MCHJ negizida ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshirildi.

  • “Chorvachilik majmuasi qurilishi” loyihasi amalga oshirildi

    “Chorvachilik majmuasi qurilishi” loyihasi amalga oshirildi.

  • ”Plastik mahsulotlar ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi

    “Shoʻrtan GKM» MCHJ qoshidagi Karshitermoplast sexida ”Plastik mahsulotlar ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi.

  • 2015

    “Polimer boʻyogʻi ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi

    “Shoʻrtan GKM» MCHJ qoshidagi Qarshitermoplast sexida“Polimer boʻyogʻi ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi.

  • Majmua qayta tashkil etildi

    Majmua unitar sho‘’ba korxonasi o‘rniga mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida qayta tashkil etildi.

  • “Erkatoy-4” bolalar bog‘chasi ochildi

    G‘uzor shahrida “Erkatoy-4” bolalar bog‘chasi ochildi.

  • 2012

    Parrandachilik fabrikasi ochildi

    ShGKM yordamchi xo‘jaligida parrandachilik fabrikasi ochildi.

  • 2011

    Makaron va pechenelar ishlab chiqarish sexi ochildi

    Dehqonobod tumanida makaron mahsulotlar va pechenelar ishlab chiqarish sexi ochildi.

  • Energiya tejovchi chiroqlar ishlab chiqarish sexi tashkil etildi

    Dehqonobod tumanida energiya tejaydigan chiroqlar ishlab chiqarish sexi tashkil etildi.

  • 2010

    “Polipropilen quvurlari” ShK tashkil etildi

    Navoiy erkin industrial iqtisodiy zonasida “Polipropilen quvurlari” sho‘’ba korxonasi tashkil etildi.

  • “Polietilen quvurlari” ShK tashkil etildi

    Navoiy erkin industrial iqtisodiy zonasida “Polietilen quvurlari” sho‘’ba korxonasi tashkil etildi.

  • Polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstruzion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi

    May oyida polietilen quvurlar mahsulotlari assortimenti 315 mm dan 630 mm gacha bo‘lgan diametrdagi polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstruzion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi.

  • Alyumin kompozitli panellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan liniya ishga tushdi

    Aprel oyida binolarning old qismini jihozlashga mo‘ljallangan alyumin kompozitli panellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan liniya ishga tushirildi.

  • 2009

    “Erkatoy-3” bolalar bog‘chasi ochildi.

    3-fevral kuni Qarshi shahrida “Erkatoy-3” bolalar bog‘chasi ochildi.

  • Liniya ishga tushirildi

    Iyul oyida ekinlarni sug‘orish suvi tanqis bo‘lgan hududlardagi xo‘jaliklar uchun tomchilatib sug‘orish tizimi butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan liniya ishga tushirildi.

  • 2008

    OHSAS 18001 kasbiy xavfsizlik va sog‘liq tizimi joriy etildi

    OHSAS 18001 kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni boshqarish tizimiga muvofiq xalqaro standart talablariga javob beradigan kasbiy xavfsizlik va sog‘liq tizimi joriy etildi.

  • 2007

    Polietilen quvurlarni bog‘lovchi qismlar ishlab chiqarila boshladi

    Dekabr oyida “Qarshitermoplast” sexida polietilen quvurlarni bog‘lovchi qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

  • 5 yillik nishonlandi

    Yanvar oyida ShGKMning ochilishiga 5-yil to‘lgani nishonlandi.

  • 2006

    “Erkatoy” bolalar bog‘chasi ochildi

    15-sentabr kuni Nuriston shaharchasida “Erkatoy” bolalar bog‘chasi ochildi.

  • “Nuriston” shaharchasida yangi maktab ochildi

    Sentabr oyida, Nuriston shaharchasida 844-o‘rinli maktab ochildi.

  • “Qarshitermoplast” majmua balansiga o‘tkazildi

    10-iyul kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406 sonli qaroriga asosan “Qarshitermoplast” (O‘zbekiston, Qarshi shahri) korxonasi majmua balansiga o‘tkazildi va polietilen kimyoviy jihatdan barqaror bo‘lgan 0-40C gacha haroratdagi suyuqlik va gazsimon moddalarni uzatish uchun diametri 25 mm dan 250 mm gacha bo‘lgan polietilen quvurlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

  • 2005

    “Lochin” bolalar oromgohi ishga tushirildi

    Shahrisabz tumani Miraki qishlog‘ida “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ishga tushirildi.

  • TUV CERT xalqaro sertifikati olindi

    TUV CERT nemis sertifikatlashtirish tashkiloti yordamida korxonada ISO 9001:2000 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi muvaffaqiyati joriy etildi va sertifikat olindi.

  • Etilen ishlab chiqarildi

    13-oktabr kuni loyiha quvvatiga etilen ishlab chiqarildi.

  • 2004

    “Mahsulot sifati uchun” mukofoti bilan taqdirlandi

    Sentabr oyida AQShda “Mahsulot sifati uchun” mukofoti bilan taqdirlandi.

  • Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va biznesda ajoyib ko‘rsatkich uchun medal bilan taqdirlandi

    Sentabr oyida “Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va biznesda ajoyib ko‘rsatkich uchun” Shvetsariyaning Jeneva shahrida medal bilan taqdirlandi.

  • 2002

    Birinchi polimer etileni olindi

    30-iyul kuni spetsifikatsiyasiga ko‘ra birinchi polimer etileni olindi.

  • Birinchi polietilen ishlab chiqarildi

    Avgust oyining 15-sanasida UzClear® tovar belgisi ostidagi birinchi “o‘zbek” polietileni ishlab chiqildi.

  • 2001

    Ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    Dekabr oyining 21-sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va yuqori darajadagi boshqa mehmonlar ishtirokida majmuaning rasmiy taqdimot marosimi o‘tkazilib, unda majmua jamoasiga uning ramziy kaliti topshirildi va ishga qo‘shish ishlari boshlandi.

  • 1998

    Yashil voha tashkil etish to‘g‘risida qaror chiqdi

    26-iyul kuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi atrofida yashil voha tashkil etish to‘g‘risida”gi 266-sonli qarori chiqdi.

  • ShGKM qurilishi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida qaror chiqdi

  • Shartnoma imzolandi

    Fevral oyida “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan ABB Lummus Global (AQSh), ABB Soimi (Italiya), Mitsui&Co.Ltd, Toyo Engineering, Nisho Iwai Corp (Yaponiya) kompaniyalaridan iborat konsorsium bilan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining texnologik qismini “foydalanishga tayyor holgacha” qurilishini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

  • 1996

    Majmuaning qurilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil, 11-noyabrdagi 395-sonli, “Polietilen ishlab chiqaradigan Sho‘rtan gaz kimyo majmui qurilishi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq majmuaning qurilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.