«SHO'RTAN GAZ-KIMYO MAJMUASI» MCHJning INTEGRATSIYALASHGAN BOSHQARUV TIZIMI SIYOSATI
Ushbu hujjat sifat, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya samaradorligini ta’minlash sohasidagi siyosatini belgilaydi
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi etakchi korxonalaridan biridir. Majmua tabiiy gazni chuqur qayta ishlash orqali polietilen granulalari, tozalangan tabiiy gaz, uglevodorodli suyultirilgan gaz, barqaror gaz kondensati, texnik oltingugurt va shuningdek, polietilendan tayyor xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqaradi.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining vazifasi muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajarishdir:
- iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalarining ehtiyojlarini qondirish uchun gaz, uglevodorod xom-ashyosi va uni qayta ishlash mahsulotlarini etkazib berish;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish;
- yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini muntazam o‘zlashtirish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish;
- neft va gaz sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- mintaqada yangi ish o‘rinlarini yaratish.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- texnik reglament talablariga va shuningdek iste’molchilar talablari va istaklariga javob beradigan raqobatbardosh va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish;
- mehnat xavfsizligi va sog‘liqni muhofaza qilishning qonunda belgilangan talablariga rioya qilish;
- atrof-muhit muhofazasi talablarini bajarish;
- energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ularni iste’mol qilish samaradorligini doimiy oshirib borish.
Iqtisodiy va ijtimoiy funktsiyalarni amalga oshirish va asosiy maqsadlarga erishish uchun ShGKM rahbariyati majmua faoliyatiga ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001 xalqaro boshqaruv standartlari talablari asosida boshqaruv printsiplari va yondashuvlari jamlangan integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha strategik qaror qabul qildi.
Asosiy maqsadlarga erishish uchun IBT sohasidagi maqsadlarni belgilash uchun quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi:
- IBT faoliyatini amalga oshirishda xodimlarning ishtirokini oshirish, xodimlar talablarga rioya qilishning ahamiyatini anglab yetishi va ularning bilim darajasini oshirish;
- Jarayonlarni boshqarish va ishlarni amalga oshirish usullarini takomillashtirish;
- Texnik ta’minotniyaxshilash.
Rahbariyat quyidagi majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi:
- korxonaning faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy talablarni, iste’molchilarning talablarini bajarilishini ta’minlash, shuningdek majburiyatlarga muvofiq boshqa talablarini bajarilishini ta’minlash;
- atrof-muhit muhofazasi talablarini va harakatlarni bajarilishini ta’minlash, shu jumladan: ifloslanishning oldini olish; atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanish; salbiy ekologik ta’sirlarning oqibatlarini yumshatish; mintaqaning biologik xilma-xilligini va ekotizimlarini saqlashga intilish;
- sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash sohasida xatarlarni bartaraf etish va xavflarni kamaytirish, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlash, ish bilan bog‘liq shikastlanishlarning va sog'liqning yomonlashuvining oldini olish;
- xodimlar bilan maslahatlashish va ularning sog‘lig‘ini saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida ishtirok etishlarini ta’minlash;
- tizim doirasida, maqsadlarga erishish, energetika muammolarini hal qilish va energiya samaradorligini boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborot va resurslarni mavjudligini ta'minlash;
- sotib oilish jarayonida energiya samaradorligiga ta’sir etadigan energiya jihatidan samaradorligi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning ustuvorligini ta'minlash;
- energiya samaradorligini oshirishni hisobga oladigan loyihalarning ustuvorligini ta’minlash;
- yuqorida ko‘rsatilgan sohalarda integratsiyalashgan boshqaruv tizimini doimiy takomillashtirishni ta’minlash, ish faoliyatining ekologik ko‘rsatgichlarini yaxshilash, energiya samaradorligini oshirish;
- bu siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash va uni yangilab turish.
Ushbu Siyosatni belgilashda rahbariyat integratsiyalashgan boshqaruv tizimining va har bir yo‘nalishning samaradorligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Ushbu Siyosat «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ uchun umumiy bo‘lib, rahbar va xodimlarga o‘z faoliyatlarida amal qilish majburiyatini yuklaydi.
Integratsiyalashgan boshqaruv tizimini hujjati. «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ sifat, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya samaradorligini ta’minlash sohasidagi Siyosatii.
23.11.2023 yildagi 7 tahrir.
So‘nggi o‘zgartirish : 15.12.2023