Quyidagilar bo‘yicha vazifalarni bajaradi:
- texnik siyosatning muntazam operativ nazorati, korxonaning rivojlantirish istiqbollari va barcha takomillashtirish, mavjud bo‘lgan ishlab chiqarishning rekonstruksiyasi va texnik tomonidan qayta jihozlanishi, uning ixtisoslashtirilishi va hamkorlantirilish yo‘nalishlari bo‘yicha murakkab dasturlarni amalga oshirish yo‘llari;
- ishlab chiqarishning texnik tomonidan tayyorgarlik darajasini oshishini, uning samaradorligini va mahsulot ishlab chiqarishning moddiy, moliyaviy va mehnat xarajatlarini qisqarishini, ishlarni (xizmatlarni), ularning yuqori sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ta’minlash;
- loyihaviy ishlarning istiqbollarini va samaradorligini, zamonaviy va sifatli ishlab chiqarishning tayyorgarligini, uskunalarning texnik tomondan ishlashini, texnik xizmat ko‘rsatilishini va modernizatsiyasini, mahsulot sifatini yuqori darajasiga yetkazishni ta’minlash;
- korxonada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, axborotlar ta’minlanishining takomillanishini;
- uskunalarni yanada to‘liq va bir tekis yuklash ehtimolini aniqlash maqsadida o‘tgan rejalashtirilgan davrning bajarilgan topshiriqlarni tahlil qilish, shuningdek, barcha ichki yoqib-o‘chirishlarni va yangi uskunalar birikmasini ishga tushirish nazorati;
- ilmiy-texnik taraqqiyotini, ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirishni, metrologiyani, standartlashtirishni va mahsulotni sertifikatlashtirishni, ekologiyani va atrof-muhit muhofazasini rivojlanishining amaldagi va bo‘lajak prognozlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkillashtirish;
- korxonani kuz-qish va bahor-yoz mavsumlarida barqaror ishlashiga qaratilgan tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish;
- ShGKMda sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- SHGKM mahsulotining ishlab chiqarish xarajatini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Direktor yo‘qligida korxonaning tashkiliy-texnik masalalari va operativ faoliyati masalalari to‘g‘risidagi farmoishlarga, mutaxassislar va ishchilarni tayinlash va lavozimidan chetlatish haqidagi buyruqlarga imzo chekadi.
Mahsulotlarning oldi-sotdi, moddiy va texnik resurslarni shartnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, texnologik jarayonida qurilish pudratchilar tomonidan bajarilgan xizmatlarni tasdiqlash vazifalarini amalga oshiradi.
ShGKM ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar shartnomasiga imzo chekadi.
Barcha zarur hujjatlarni imzolaydi, taqdim etadi va qabul qiladi, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan amallarni bajarish maqsadida qaratilgan barcha proseduralar va rasmiyatchiliklarni amalga oshiradi.
So‘nggi o‘zgartirish : 22.05.2023