Shurtan gaz kimyo majmuasi MChJ da ichimlik suv uchun diametri 20 mm dan 630 mm gacha bo'lgan hamda 0,25 MRa dan 10 MRa atmosfera bosimiga chidamli, devori qalinligi bo'lgan har xil polietilen trubalar va polietilen otvod va troyniklar, qalinligi 4 mm alyuminiy kompozit panellar (AKP), sig'imi 10 litr bhlgan kanistralarni ishlab chiqaradi.
Korxonada polietilen trubalarni ishlab chiqarish uchun Germaniyaning «ERMAFA», «BATTENFELD» va Xitoy Xalk Respublikasining SJ90/33. SJ 120/33 yuqori texnologik dastgoxlari o'rnatilgan bo'lib, yuqori sifatli xalqaro standartlarga mos keladigan (ISO, GOST) maxsulotlar ishlab chiqariladi.
Shurtan gaz kimyo majmuasi MChJ da ishlab chiqarilgan maxsulotlar xalq va qishloq xo'jaligining barcha soxasida keng qo'llanilmoqda.
Hozirda qimmatbaho temir quvurlarni chetdan sotib olish dolbzarligini hisobga olgan xolda, bizning korxonamizda ishlab chiqarilayotgan polietilen quvurlar barcha ko'rsatkichlarda ulardan ustun. Masalan, narxi arzonligi, yengilligi, chidamliligi, organik va mineral moddalar ta'sirida o'zgarmasligi, o'rnatishda kam vaqt va kam xarajat talab qilishi misol bo'la oladi.
Maxsulotlarimiz nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham katta talabga ega.
Ishlab chiqarilgan maxsulotlarimiz kerakli sinovlardan o'tgan va quyidagi sertifikatlarga ega:
-gigiyenik sertifikati;
-muvofiqlik sertifikati;
-sifat sertifikati.