Ustozlar va murabiylar kuni arafasida, ushbu yilning 27-28-29 sentyabr kunlari, majmuaga qarashli «Erkatoy» MTTlar pedagog xodimlari uchun «Lochin» oromgohida tashkil etilgan mazmunli sayoxat o'z yakunini topdi. «Lochin » bolalar dam olish oromgohida o'tkazilgan pedagogik kengash kun tartibidagi «Erkatoy» MTTlar faoliyatida Singapur texnologiyasining o'rni va mohiyati» mavzusini bog'chalar mudirasi Nigora Achilova o'z so'zlarida ochib berdi.

 


«Shaxs kamolati va rivojlanishi» ruknni ostida «Vijdon» mavzusi, bog'cha psixologi Soxiba Xujaxanova tayyorlagan seminar-trening ko'rinishida bo'lib o'tdi. Trening davomida ishtirokchilar 6 ta kichik guruxlarga qo'shilib, «vijdon nima?», «vijdon amri nima?», «vijdonsizlik nima?», «vijdon azobi nima?» savollariga o'zaro javob izlab, xayotiy tajribalariga tayanib, fikr yuritib, muloxazalar qilishdi.