"SHGKM" MCHJ da KPI joriy etilmoqda

"SHGKM" MCHJ da bo`limlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etishga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida" 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmoniga asosan korxonalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari belgilandi.

KPI(Key Performance Indicator)-Samaradorlikning muhim ko`rsatkichlari majmua bo`limlari faoliyati samaradorligini aniqlash uchun foydalaniladi.

KPI (SMK) mexanizmi bo`limlar faoliyatining iqtisodiy, energrtika, ishlab, chiqarish innavatsion samaradorligi ko`rsatkichlarini va samaradorlikning boshqa ko`rsatkichlarini o`z ichiga oladi. 

Ayrim SMK ni tatbiq etish imkoniyati mavjud bo`lmaganda, bu to`g`ridagi qaror majmua rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

Baholash uchun har bir yunalishga ko`rsatkichlar belgilanadi.

Tashkilotning ko`rsatkichlari jami 100 foizni tashkil qiladi.

Majmuaning buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi;

moliyaviy, statistik, soliq hisobotlari va boshqa hisobotlardagi;

biznes-rejadagi;

belgilangan tartibdagi yoki ishlab chiqilgan boshqa ma`lumotlar ko`rsatkichlarni hisoblash uchun asos hisoblanadi.

Bo`limlar faoliyati samaradorligi quyidagicha baholanadi:

Ko`rsatkich miqdori :

- 55 foizdan kam bo`lsa - qoniqarsiz

- 55 foizdan 70 foizgacha bo`lsa - qoniqarli

- 70 foizdan 85 foizgacha bo`lsa - yaxshi

- 85 foizdan 100 foizgacha bo`lsa - yuqori

Bo`limlar faoliyatining samaradorligi  tegishligi bo`yicha Bosh direktor o`rinbisarlari, bosh mutaxasislar, xizmatlar va bo`limlar tomonidan har oyda baholab boriladi.