“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda an'anaga  muvofiq har yili o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalari dasturidan o’rin olgan sportning shaxmat va shashka  turi bo’yicha joriy yilning 29-31 iyul kunlari bo’lim, sex, xizmat va tarmoqlar ishchi-xizmatchilari o’rtasida majmua musobaqasi bo’lib o’tdi.

     Musobaqa davomida ishtirokchilarning topqirliklari va zehni, aql-idroklarini yana bir marotaba sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozara va tortishuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

     O‘tkazilgan mazkur musobaqada 12 nafar ishtirokchi sportning shaxmat turi bo‘yicha bahslashishgan bo‘lsa, shashka bo‘yicha 10 nafar ishchi-xizmatchi ishtirok etishdi, ularning 4 nafarini esa xotin-qizlar tashkil etdi.

     Qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan musobaqaning shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha

                 1-o‘rinni B.Xalilov (“Erkatoy-1” MTM),

                 2-o‘rinni  R.Umbarov (NUA va A sexi),

                 3-o‘rinni J.Negmatov (Polietilen ishlab chiqarish sexi),

shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada

                 1-o‘rinni J.Negmatov (Polietilen ishlab chiqarish sex),

                 2-o‘rinni K.Aminova (Ishchilar shaharchasi UJFX),

                 3-o‘rinni A.Abdullaev qo’lga kiritdilar.

G‘oliblarni turnir tashkilotchilari tomonidan 1-, 2- va 3 darajali diplomlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.