Ichki suv taʼminoti sexida barpo etilgan issiqxonada sex boshligʻi Oʻ.Normurodovning tashabbusi va sex ishchisi A.Qayumovning yoʻl-yoʻriqlari asosida papaya daraxti yetishtirilmoqda.

    -Papayyani dehqonlar “Qovun daraxti” deb ham atashadi deydi Oʻ.Normurodov. 3-4 yilcha avval 2 tup koʻchatidan ekkandik. Papayyani shifobaxsh oʻsimlik deb bilishadi. Yerga qadaganingizdan soʻng 6-7 oyda hosilga kirdi. Mevasining ogʻirligi dastlabki yosh daraxtlik vaqtida 1-3 kg, daraxt kattalashga sari uning hosili 5-7 kg gacha yetadi. Bir tup papayyadan 50-60 donagacha meva olish mumkin. Issiq iqlimda oʻsgani bois issiqxona sharoitiga yaxshi moslashadi. Issiqxona harorati 10 darajadan yuqori boʻlganida papayya tinmay gullayveradi. Shunda hosiliyam moʻl boʻladi. Poʻsti oltin rang, ichi zangori bu daraxt odatda tropik oʻlkalarda oʻsadi. Mazasi va hidi yangi uzilgan qovunni eslatadi. “Qovun daraxti” deyilishi ham shundan.

2.jpg

    Papaya daraxti koʻchatlarini shu yerning oʻzida koʻpaytirilib, yangidan 2 tup daraxt koʻchatlari oʻtkazildi va sex ishchi-xizmatchilarga 10 tupdan ortiq papaya daraxti koʻchatlari yetkazib berildi.

    Issiqxonada shuningdek, 24 tup limon daraxtlari ham sex ishchi-xizmatchilari tomonidan parvarishlanmoqda.