“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘iga asosan, jamiyat tarkibidagi boshqarma va korxonalarda faoliyat olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha jamiyatda yoshlar siyosati bo‘yicha 2021-yilning birinchi yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va yillik ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda jamiyatning Yoshlar ittifoqi raisi boshchiligida, apparat va tizim korxonalari yoshlar yetakchilari ishtirokida 2021-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha hisobotlar va yil yakunigacha bajaradigan ishlar tinglandi.

Bunda tizim korxonalari yoshlar yetakchilari tomonidan yil boshidan beri amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining viloyatlar hududida istiqomat qiladigan yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etish holati, tizim tarkibidagi korxona rahbarlarini yoshlar bilan ishlash yondashuvi, yoshlar muammolari va takliflariga munosabati o‘rganildi.

Korxonada yoshlarning soni va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar xatlovdan o‘tkazish va qayta ro‘yxat qilinganligi, joylardagi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda o‘tkazilgan ishlar holati sarhisob qilindi.

Tizim korxonalari yoshlari uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladigan sport to‘garaklari va musobaqalari, talabalarga stipendiyalar berishni yo‘lga qo‘yilganligi, “Zakovat” intellektual o‘yinlar va yoshlar kitobxonligini tashkil etilishi tahlil etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga ko‘maklashish tadbirlari bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Yig‘ilish davomida ayrim tizim korxonalari yoshlar yetakchilari o‘z vazifasiga sovuqqonlik va beparvolik bilan qarayotganligi bois ularning olib borayotgan ishlari tanqidiy ko‘rib chiqildi hamda kelgusidagi faoliyatlarini yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Kelgusida 2021-yil yakuniga qadar reja-dastur asosida ishlarni amalga oshirib, tizim yoshlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga qat’iyan kelishib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz