Gaz uzatish tizimi mamlakatimizning eng rivojlanga tizimlaridan biri hisoblanadi. Barcha joylarda gaz quvurlari yotqizilgan va ularning umumiy uzunligi 13 250 km! Masalan, Buxorodagi Gazli koni sobiq Ittifoq gaz tizimining boshlang`ich nuqtasi bo`lgan deb ayta olamiz. 50-60 yil oldin Buxoro shahri gazlari Rossiya Federatsiyasi hududiga yetkazib berilar edi. Gazli hududi esa hanuzgacha O`zbekiston Respublikasining gaz tashish markazi hisoblanadi. Shuningdek, gazli koni bazasida yiliga 3 milliard kubometr gazni saqlash va qishda ishlatishga imkon beradigan gazni saqlash joyi mavjud!

Hozirgi kunda tarmoqda 393 ta gaz uzatish stansiyalari, 25 ta kompressor stansiyalari mavjud bo`lib, ularda 250 dona agregat ishlaydi. Ular gazni bir nuqtadan boshqasiga yetkazib berish uchun xizmat qilishadi.

Eng muhim jihatlardan biri - bu Markaziy Osiyo gaz quvurlari tizimi. Ushbu tizim ilgari o`zbek va turkman gazini shimolga yetkazib berishga xizmat qilgan va kuniga 100 million m3 gaz o`tkazish qobiliyatiga ega!

Mustaqillik yillarida yana bir gaz quvuri tizimi qurilgan bo`lib, uning 525 km uzunlikdagi gaz quvuri O`zbekiston hududidan o`tadi va Xitoyga o`zbek va turkman gazini yetkazib beradi. Ushbu tranzitning ahamiyati shundaki, u O`zbekistonga yaxshi daromad olish imkonini beradi va shu bilan birga, ushbu loyiha chet el investitsiyalari hisobiga to`liq amalga oshirilgan. Uning o`tkazish qobilayati yiliga 50 milliard m3 gacha yetadi!

 

www.sgcc.uz