Joriy yilning 07 iyun kuni majmuada Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Gʼuzor tuman Kengashi va "Yoshlar-kelajagimiz" jamgʼarmasi Gʼuzor tuman fililali bilan hamkorlikda Gʼuzor tumanida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi "Yoshlar-kelajagimiz" Davlat dasturi toʼgʼrisida"gi PF-5466-sonli hamda PF-3777- sonli Farmon "Har bir oila-tadbirkor" Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJda biznes sayoxat uyushtirildi. Biznes sayohat davomida “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJning muzeyiga ham tashrif buyurilib, undagi eksponatlar sayoxatchilarda katta qiziqish uygʼotdi.


Mazkur biznes sayoxatda tadbirkorlikka salohiyati va qiziqishi bor 20 nafar yoshlar va ish bilan band boʼlmagan aholi qatlami jalb qilindi.