Joriy yilning 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzaev Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining iqtidorli talabalari ishtirokida Qashqadaryo viloyatidagi neft-gaz sanoati korxonalaridan biri boʼlgan “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJning ishlab chiqirish jarayonlari yoshlarni tanishish maqsadida “Hokim va yoshlar uchrashuvi“ oʼtkazildi.
Uchrashuv mobaynida yoshlar “Dastlabki yoʼriqnoma”dan oʼtkazilib, majmuaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish uchun majmuaning asosiy jarayoni boʼlmish markaziy boshqaruv binosi (DCS) sari yoʼl olishdi. Uchrashuv mobaynida yoshlar majmuaning asosiy texnologik jarayonlarini boshqarish sirlaridan voqif boʼlishib, yoshlarning kelgusida ushbu kasbni tanlashda ushbu jarayon katta motvatsiya boʼlib xizmat qilishini bildirishdi.
Shundan soʼng yoshlar “Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan” savdo belgisi ostida ichki va tashki bozorlarga eksport qilinayotgan polietilen mahsulotlarini qoplash va saqlash omborxonalari ish faoliyatidan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv soʼnggida Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzaev yoshlar bilan birgalikda “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJ hududida “Uzbekiston GTL” MChJ ishchi-xizmatchilari uchun barpo etilgan shaharcha hududida bogʼ barpo etishga koʼchat ekishib, oʼz hissalarini qoʼshishdi.