“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ kasaba uyushma qoʻmitasi ish beruvchi bilan hamkorlikda majmuada jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelayotgan sex, tarmoq, boʻlim va xizmatlarning kasaba uyushma qoʻmitasi yetakchilari uchun 2019 yil 1 fevral kuni seminar-trening oʻtkazdi. Ushbu seminar-treningda ish beruvchining vakillari, kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotining bir guruh xodimlari, faol aʼzolar, majmuaning sex, tarmoq, boʻlim va xizmatlarida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchilar ishtirok etdilar.
Tashkiliy qoʻmita yetakchilarga oʻzlari ishlab turgan jamoada Jamoa shartnomasining bajarilishi va yangi qabul qilinadigan Jamoa shartnomasiga kiritilishi uchun takliflar berishga oid yigʻilishlarni oʻtkazish tartibi va shunga oid hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisida tavsiyalar berdi, jumladan:
“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ kasaba uyushma qoʻmitasining raisi Yu.Botirov seminar ishtirokchilariga majmuada xodimning toʻlaqonli ishlashi, uning mehnatga yarasha haq olishi, turmush tarzi yuqori saviyada boʻlishiga erishishi uchun asos boʻlib xizmat qilib kelayotgan ijtimoiy imtiyoz va kafolatlarni tartibga solib turuvchi hujjat – Jamoa shartnomasini bajarilishiga baho berish va yangi qabul qilinadigan Jamoa shartnomasiga imtiyozlar kiritilishi uchun takliflar berish hamda majmuada 2019 yilning 27 mart kunida oʻtkazilishi moʻljallanayotgan majmua Konferensiyasiga sex, tarmoq, boʻlim va xizmatlardan ishtirok etuvchi delegatlarni saylab berishdek masalalarni oʻz kun tartibiga kiritgan sex, tarmoq, boʻlim va xizmatlarning jamoaviy yigʻilishilarini talab darajasida oʻtkazilishini taʼminlashda yetakchilar masʼul ekanliklarini eslatib, ular qanchalik maʼsuliyatli ishni amalga oshirayotganligini his etishi, ushbu masalani kamchiliksiz, yuqori saviyada, talab darajasida amalga oshirishi uchun ular oʻzining huquqiy va moliyaviy bilmini yanada takomillashtirish uchun oʻz ustingizda tinmay ishlab-izlanishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi (Seminar ishtirokchilariga majmuaning sex, boʻlim, tarmoq va xizmatlarida umumiy yigʻilishlarni oʻtkazish tartibi, tayyorlanishi talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish borasidagi tavsiyaviy qoʻllanma tarqatildi).
Seminar-treningda majmuaning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha bosh mutaxassisi U.Xonqulov soʻz olib, yetakchilarga jamoadagi ijtimoiy muhit, jamoa aʼzolarining ruhiyati koʻp jihatdan yetakchilarga bogʻliqligi, chunki ijtimoiy himoyaga muhtoj xodim oʻz vaqtida yetakchilar yordamida oʻzining muammolariga yechim topsa, u mamnuniyat bilan xush kayfiyatda ishlaydi, bu esa oʻz oʻrnida ish samaradorligiga oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatishi, yetakchi jamoaning har bir aʼzosiga eʼtiborli boʻlishi toʻgʻrisidagi fikrlarni uqtirib oʻtdi.
Seminar-trening ishtirokchilari guruhlarga boʻlinib amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdilar va oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ
Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Yu.Botirov