Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi birinchi neft va gaz klasterini ishga tushirilib, hozirgi kunda klasterning bir qismi hisoblangan "Uzbekistan GTL" zavodini ishga tushirish borasidagi ishlar o‘z natijasini ko‘rsatdi va zavodda birinchi mahsulot turlarini ishlab chiqarilishiga erishildi.

Hozirda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda "Uzbekistan GTL" zavodlari uchun Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi Bosh inshootidan qo‘shimcha gaz quvuri tortish ishlarining yakuniy bosqichi olib borilmoqda va ushbu korxonalarni bog‘lovchi diametri 1020 mm.ni, uzunligi 33 km.ni tashkil etadigan quvurlar yotqizish ishlari yakunlandi.

O‘lchov uzeli vazifani bajarishi mo‘ljallangan ish loyihasi "O‘zlitineftgaz"AJ loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish montaj ishlarini "Neftgazmontaj" MCHJ hamda Shurtan gaz kimyo majmuasining malakali mutaxassislari amalga oshirdi.

O‘lchov uzelining boshqaruv qismi Shurtan gaz kimyo majmuasi hududida joylashgan bo‘lib, magistral quvurni uzelga ulash 530 mm diametrli umumiy uzunligi 300 metrni tashkil etuvchi quvur orqali amalga oshirildi.

Ayni paytda quvurlarni montaj va demontaj qilish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, yangi quvurlarda sinov jarayonlari amalga oshirilmoqda.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz