2019 yilning yanvar oyida Toshkent shahridagi “ZIYO MUALLIM” pedagoglarni rivojlantirish markazi va Singapur “Educare International Consultancy” hamkorligida oʻquv seminari oʻtkazildi.Bu oʻquv seminarida bizning “Erkatoy ” MTM jamoasidan bir nechta pedagoglar ishtirok etdilar.

0702191.jpg

Hozirgi zamon talabiga koʻra har bir kasb egasida ijodiy qobiliyatning kengligi, yuqoriligi muxim oʻrin egallaydi, shunga koʻra bu qobiliyatni bolada iloji boricha yoshligidan shakllantirib borish lozim. Singapur taʼlim metodikasi bolada hozirgi zamon talabiga muxim sanalgan quyidagi asosiy sifatlarni rivojlantiradi:

  • Muloqatchanlik;
  • Hamkorlikka kirishuvchanlik;
  • Tanqidiy tafakkur;
  • Noanʼanaviylik .

0702192.jpg

Singapur metodikasi bolada fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, maqsad sari intilish, muammolarga bir necha yechim topa olish, nutqni,diqqatni, sezgirlikni va xotirani mustahkamlash, taʼlim jarayonida samarali, maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar olib borishni koʻzda tutadi.

0702193.jpg

  • Taʼlim olib borish jarayonida bolalarni guruhlarga birlashtiriladi. Bu jarayondabolalar:

    • jamoaviylik ruxini oshiradi;
    • hamkorlikda ishlashni oʻrganadi;
    • aqliy intizom shakllanadi;
    • faollik rivojlanadi;
    • ixtirochilik va yaratuvchanlik;
    • tasavvur erkinligi va ichki sezgirlik;
    • bir – birini eshitish, oʻz fikrini bayon etish;

vaqtdan unumli foydalanishni oʻrganadilar.

0702194.jpg

Bolalar guruhboʻlib yoki juft boʻlib mavzuni oʻzlari mustaqil muhokama qiladilar.Har bir bola berilgan vazifani bajarish vaqtida, oʻzini fikrini erkin bayon etish jarayonida boshqaruvchi rolida his etadi, shuningdek doʻstlarining fikrini ham inobatga olgan holda xotirasida saqlab qoladi.

Metodika zamirida bola yangi mavzuni tezroq tushunib yetadi. Singapur metodikasi bir qancha oʻyin strukturalarini qamrab olgan:

“ZUMIN”, “INSAYD – AUTSAYD SYOKL”, “KLOKBADDIS”, “KONERS”, “MODЕLFRЕYЕR”, “MENEDJMET”, “EY ARGAYT”, “VAYFAY”.......

Bu oʻyinlar nafaqat bolalar uchunbalki kattalar uchun ham qiziqarlidir.Hozirgi kundarivojlangan mamlakatlarning baʼzilaribu taʼlim sistemasidan foydalanishmoqda.Bu oʻrganilgan metodikani MTM taʼlim - tarbiya sohasida tadbiq etish kelajagimiz vorislari boʻlmish bolajonlarimizni ijodiy qobiliyatga ega boʻlgan, hozirjavob, izlanuvchan va ruxan yetuk kadr boʻlib etishlariga zamin boʻlib xizmat qiladi.

N.Achilova «Erkatoy» MTM