Yangiliklar

Batafsil…

Istiqlol me’mori xotirasi qalbimizda mangu qoladi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud kuni munosabati bilan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi MCHJ xodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “Istiqlol me’mori xotirasi qalbimizda mangu qoladi” mavzusida o‘tkazilgan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi

Batafsil…

“Mustaqillik inshootlari yoshlar nigohida” loyihasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” targ‘ibot loyihasi doirasida mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida barpo etilayotgan inshootlar, ilm-fan va madaniyat saroylari, xususan kichik korxonalar faoliyati va ularning ishlab chiqarilish jarayoni bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida majmuada viloyat yoshlari vakillarining bir guruhi ishtirokida “Mustaqillik inshootlari yoshlar nigohida” loyihasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Batafsil…

2-dekabr kuni tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2 dekabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligini keng nishonlash maqsadida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asnosida ishchi-xizmatchilar uchun tadbir tashkil etildi.

Batafsil…

MSK'da Qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi

Shu yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya Raisi M. Abdusalomov boshqardi. Majlisda siyosiy partiyalarning vakillari, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylovni kuzatish missiyasi a’zolari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil…

Mahallaning saylov jarayonidagi ishtiroki

Joriy yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida «Mahalla» fondi respublika boshqaruvi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari o‘tkazildi.

Batafsil…

Fuqarolarning murojaatlari - diqqat markazida

Bizning mamlakatimizda fuqarolar va yuridik shaxslarning vakolatli organlarga murojaat etish bo‘yicha Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlari amalda ishonchli ta’min etilmoqda. 2014 yil 4 dekabrda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilish tartibini takomillashtirdi.