Joriy yilning 2 dekabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligini keng nishonlash maqsadida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asnosida ishchi-xizmatchilar uchun tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Nazorat tahlil guruhi rahbari U.Xonqulovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenligiga saylov o‘tkazish tartibi” mavzusida va Majmua “Kamolot” YOIH BT Kengashi raisi U.Ismatovning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqaroviy jamiyat barpo etishning chinakam huquqiy poydevori” mavzularida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir davomida “Nasaf Cinema” MCHJ tomonidan taqdim etilgan “Ehtirom”, “El farzandi” hujjatli filmlari va “Yelkamdagi qush” nomli kinofilmlari namoyish etildi.