OCHIQ TANLOV O‘TKAZILISH TO‘G‘RISIDA E’LON
E’lon raqami 21
Turkum Elektr-texnika mahsulotlari
Boshlanishi 30-10-2017
Takliflarni qabul qilish oxirgi sanasi 20-11-2017
Yetkazish muddati 30-11-2017
Qo‘shimcha ma’lumot uchun (+998 75) 552-41-39
Maxsus shartlar

1) 100% to‘lov xizmat to'liq bajarilgandan so‘ng.

2) Hozirgi ishlab turgan Rockwell Automation nazorat qilish qurilmalari, kontrollerlariga va tizimni va yangi Rockwell Automation uskunalarni loyihalashda malakasiz xizmatlar ko'rsatishdan qochish uchun Rockwell Automation kompaniyasining tan olingan System Integratorlari (qisqartirilgan RcSI) va PowerRcSI , (qo'llab-quvvatlovchi hujjatlarning nusxalarini taqdim etish kerak).

3) Ish bajaruvchi mutaxassislari “Rockwell Automation” kompaniysini vakolatli o'quv markazlarida o'qiganligi to’g’risidagi tasdiqlovchi tegishli sertifikatlari bo’lishi kerak. Sertifikatlar, dasturiy boshqaruvchining dasturiy ta'minotida va “Rockwell Automation” dan boshqaruv yuritmalari  bilan ishlaydigan kursdan o'tishi kerak. Boshqaruv yuritmalarida kamida 2 mutaxassis va jarayonni nazorat qilish tizimida kamida 2 kishi o'qigan bo’lishi kerak.

4) Ish bajaruvchi gaz va kimyo sanoati sohasida ASU TP bo'limida "Rockwell Automation" boshqaruv yuritmalari va boshqarish texnologiyalari asosida amalga oshirgan loyihalaridan kamida 10 ta tugallangan loyihani taqdim etish kerak.

5) Loyiha bo'yicha ishchi hujjatlarni o’zgartirish uchun pudratchi yuqori xavfli ob'ektlarni, shu jumladan polietilen ishlab chiqarishni loyihalash uchun O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi litsenziyaga ega bo'lishi kerak.

6) Ish bajaruvchining O'zbekiston Respublikasi hududida xizmat ko'rsatish markazi bo'lishi kerak. O’zgartirish kiritilgan tizim ishlamay qolganda, aniqlangan kamchiliklarni mutaxassis chaqiruvidan keyin 8 soatdan  o'tmaydigan vaqtda bartaraf qilishi kerak.

Tovarlar / xizmatlar
# Nomi Miqdori Texnik xususiyatlar
1 Yordamchi ekstruder boshqaruv tizimini modernizasiya qilish xizmati 1 dona

1) Yordamchi ekstruderni mavjud GV3000 chastota uzgartirgichini, Rockwell Automation kompaniysini PowerFlex 753 markali chastota o'zgartirgichiga almashtirish.

2) Yordamchi ekstruderga yangi o'rnatilgan PowerFlex 753 markali chastota o'zgartirgichni ControlNet tarmog'iga ulash.

3) Yordamchi ekstruderga yangi o'rnatilgan PowerFlex 753 markali chastota o'zgartirgichni ulash uchun PLC-5 kontrollerida dasturiy modul ishlab chiqish.

4) Programmali modulni tekshirish va zastota uzgartirgichni test holatda ishga tushirish.

Buyurtmachi nomidan eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlarni “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ning doimiy harakatdagi Xarid komissiyasi o‘tkazadi.

Eng yaxshi takliflarni tanlash va Tenderlar elektron shaklda etender.uzex.uz va / yoki xt-xarid.uz elektron xaridlar platformalarida amalga oshiriladi.

 

ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH VA TENDER ISHTIROKCHILARI UCHUN QO‘LLANMA

  1. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
  1. Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
  • shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
  • shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
  • soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
  • o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
  • Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi.
  1. Tanlov Ishtirokchilari tijorat takliflari va tanlovga bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni uzex.uz va / yoki xt-xarid.uz elektron platfiormalari orqali yuborishlari mumkin:
  • Buyurtmachi: “SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI“ MChJ
  • Pochta manzili: 180300, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Shurtan qo‘rg‘oni
  • Rasmiy sayt: sgcc.uz. “Tanlashlar va Tenderlar” bo‘limi
  • Elektron pochta manzili: competition@sgcc.uz
  • Telefon raqami: +998-75-552-4022, +998-75-552-4195
  • Faks raqami: +998-75-552-40-16
  1. Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat taklifiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
  • Ish yoki xizmatni bajarish uchun litsenziya yoki ruxsatnoma (ishlar yoki xizmatlarni bajarish uchun), agar ushbu ish va / yoki xizmat turi bo’yicha qonunchilikda ko’zda tutilgan bo’lsa.
  • shuningdek, tanlash va tender shartlarida ko‘rsatilgan zaruriy hujjatlar.
  1. Tanlov ishtirokchilari tijorat takliflarini, tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berish boyicha tanlov e’lonida belgilangan muddat va shartlarni hisobga olgan xolda taqdim etishlari shart.
  1. Tanlov savdolarida Buyurtmachining Xarid komissiyasi tomonidan elektron tanlash va tenderlarni o’tkazish tartibiga binoan shartli g‘olibni aniqlanadi va buyurtmachi tomonidan shartli g‘olib bilan shartnoma tuziladi.

Tanlov savdosi natijalari bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan Yetkazib beruvchi, shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan sifat va texnik ko‘rsatkichlarga muvofiqligi jihatidan Buyurtmachining ijobiy xulosasini olish uchun buyurtmachi tomonidan talab etilgan holatlarda tovarlar namunalarini taqdim etish majburiyatini oladi. Buyurtmachining omboriga yetkazib berilgan tovarlar Buyurtmachi komissiyasi tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ’ning “Tovar (ish, xizmat)larni qabul qilish” nizomiga muvofiq qabul qilinadi.


Ko‘rishlar soni: 7693