Buyurtmachi nomidan eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlarni “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ning doimiy harakatdagi Xarid komissiyasi o‘tkazadi.
Eng yaxshi takliflarni tanlash va Tenderlar elektron shaklda etender.uzex.uz va / yoki xt-xarid.uz elektron xaridlar platformalarida amalga oshiriladi.
ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH VA TENDER ISHTIROKCHILARI UCHUN QO‘LLANMA
- Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
- Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
- shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
- shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
- soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
- o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
- Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi.
- Tanlov Ishtirokchilari tijorat takliflari va tanlovga bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni uzex.uz va / yoki xt-xarid.uz elektron platfiormalari orqali yuborishlari mumkin:
- Buyurtmachi: “SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI“ MChJ
- Pochta manzili: 180300, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Shurtan qo‘rg‘oni
- Rasmiy sayt: sgcc.uz. “Tanlashlar va Tenderlar” bo‘limi
- Elektron pochta manzili: competition@sgcc.uz
- Telefon raqami: +998-75-552-4022, +998-75-552-4195
- Faks raqami: +998-75-552-40-16
- Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat taklifiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
- Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
- Ish yoki xizmatni bajarish uchun litsenziya yoki ruxsatnoma (ishlar yoki xizmatlarni bajarish uchun), agar ushbu ish va / yoki xizmat turi bo’yicha qonunchilikda ko’zda tutilgan bo’lsa.
- shuningdek, tanlash va tender shartlarida ko‘rsatilgan zaruriy hujjatlar.
- Tanlov ishtirokchilari tijorat takliflarini, tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berish boyicha tanlov e’lonida belgilangan muddat va shartlarni hisobga olgan xolda taqdim etishlari shart.
- Tanlov savdolarida Buyurtmachining Xarid komissiyasi tomonidan elektron tanlash va tenderlarni o’tkazish tartibiga binoan shartli g‘olibni aniqlanadi va buyurtmachi tomonidan shartli g‘olib bilan shartnoma tuziladi.
Tanlov savdosi natijalari bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan Yetkazib beruvchi, shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan sifat va texnik ko‘rsatkichlarga muvofiqligi jihatidan Buyurtmachining ijobiy xulosasini olish uchun buyurtmachi tomonidan talab etilgan holatlarda tovarlar namunalarini taqdim etish majburiyatini oladi. Buyurtmachining omboriga yetkazib berilgan tovarlar Buyurtmachi komissiyasi tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ’ning “Tovar (ish, xizmat)larni qabul qilish” nizomiga muvofiq qabul qilinadi.