Asosiy mahsulot — polietilenni ishlab chiqarish jarayoni — SCLAIRTECH polimerizasiyaning suyuq faza texnologiyasi yordamida, NOVA Chemicals Shimoliy Amerika kompaniyasi litsenziyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning asosiy afzalligi bu — quvurli va avtoklav turdagi reaktorlarning ketma-ket rejimidan foydalangan holda polietilenning fizik-kimyoviy va reologik ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish imkoniyati hisoblanadi. Bu esa bir ishlab chiqarish liniyasida turli turdagi liniyali polietilen ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Olingan polimer erituvchilardan, katalizatorlar qoldiqlaridan butunlay ajratiladi, mavjud bo‘lgan zararli moddalardan tozalanadi va erigan holda, tarkibida uchuvchi birikmalarning eng kam miqdori bilan asosiy ekstruderga tushadi. Barcha zarur bo‘lgan qo‘shimchalar, ularning yaxshi aralashishi va to‘liq bir turdagi bo‘lishini ta’minlash maqsadida suyuq yoki erigan holda qo‘shiladi. Ushbu texnologiya asosida ishlab chiqarilgan polietilen, oziq-ovqatlar va inson tanasi bilan aloqada bo‘ladigan har qanday salomatlik uchun zararsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida foydalanish mumkin.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yoqilgʼi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon–tarojliklar sharoitini tugatish, toʼlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-3386 sonli Qaroriga, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 05 fevraldagi 57-sonli «Maxsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʼgʼrisida»gi Qaroriga muvofiq, «Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi» MChJda ishlab chiqarilayotgan xom-ashyo mahsulotlari (polietilen granulasi, suyultirilgan gaz, oltingugurt) Oʼzbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi orqali sotiladi.
Hozirgi vaqtda Shoʼrtan GKM da ishlab chiqarilayotgan asosiy tovar-xom ashyolar Tovar xom ashyo birjasining yuqori likvidli mahsulotlar platformasida sotiladi. Birinchi bor birja orqali majmuaning mahsulotini xarid qilmoqchi boʼlgan mijoz nima harakatlarni amalga oshirishi kerak?