Suyultirilgan gaz

Mahsulot haqida

Suyultirilgan gaz, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash natijasida asosiy tarkibiy qismi propan-butan aralashmasidan iborat boʻlgan mahsulot boʻlib hisoblanadi. Suyultirilgan gaz aholining kommunal ehtiyojlariga va avtomobillarga yoqilgʻi sifatida ishlatiladi.Uning oʻrtacha zichligi 0,525 g/sm3 ni tashkil qiladi

DST 20448-90 bo’yicha Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun muljallangan suyultirilgan uglevodorodli gaz

Sotib olish tartibi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yoqilgʼi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon–tarojliklar sharoitini tugatish, toʼlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-3386 sonli Qaroriga, hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 05 fevraldagi 57-sonli «Maxsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʼgʼrisida»gi Qaroriga muvofiq, «Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi» MChJda ishlab chiqarilayotgan xom-ashyo mahsulotlari (polietilen granulasi, suyultirilgan gaz, oltingugurt) Oʼzbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi orqali sotiladi.

 

Hozirgi vaqtda Shoʼrtan GKM da ishlab chiqarilayotgan asosiy tovar-xom ashyolar Tovar xom ashyo birjasining yuqori likvidli mahsulotlar platformasida sotiladi. Birinchi bor birja orqali majmuaning mahsulotini xarid qilmoqchi boʼlgan mijoz nima harakatlarni amalga oshirishi kerak?

 

  1. “UzRTXB” АJ ning rasmiy sayti http://www.uzex.uz ga kirib, interaktiv xizmatlar boʼlimidan brokerlar roʼyxatini tanlab, hozirgi vaqtda Tovar xom ashyo birjasida akkreditatsiyadan oʼtgan brokerlik idoralari hamda treyderlar roʼyxati bilan tanishadi. Xaridor joylashgan joyi yoki hohishiga qarab, oʼzi hohlagan brokerlik idorasi bilan xizmat koʼrsatish shartnomasini tuzishi mumkin. 
  2. Broker xaridor birja va birjaning Xisob-kliring palatasida ruyxatidan utkazishda kumaklashadi, xaridor buyurtmasiga kura uning nomidan va uning mablagi xisobiga birja savdolarida maxsulot oldi-sotdi shartnomalarini tuzish birja ruyxatidan utkazish ishlarini tulik amalga oshiradi. 
  3. Birjaning Xisob-kliring palatasida xaridor uchun foydalanuvchining shaxsiy raqami (FShR) ochilgandan soʼng, FShR va brokerlik idorasi raqami koʼrsatilgan holda zakalat (avans) summasi birjaning Xisob-kliring palatasi xisob rakamiga chiqariladi. (mahsulot turiga qarab, 2% dan 10% gacha, polietilen va suyultirilgan gaz uchun 10% mikdorida belgilangan)
  4. Brokerlik idorasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofik xaridor tomonidan birja savdolariga taklif etilayotgan (kuyilayotgan) maxsulotlarni xarid kilish buyicha belgilangan shaklda buyurtma beriladi.
  5. Mahsulot birja savdolari natijasiga kura broker tomonidan xarid qilingandan soʼng, shartnoma broker tomonidan rasmiylashtirilib xaridorga ijro uchun topshiriladi. 
  6. Shartnoma shartlariga muvofik xaridor tomonidan 100% toʼlov 5 ish kuni ichida amalga oshirilgandan soʼng, oʼz ishonchli vakilini ishonchnoma asosida transport vositasi bilan majmuaga yuboradi. Mahsulotni olib chiqish yuzasidan majmuaning maxsulotlarni sotish va marketing bulimiga murojaat kilinadi. Maxsulotlarni olib chikish muddati polietilen va suyultirilgan gaz uchun 10 bank kuni texnik oltingugugrt uchun esa 7 bank kuni belgilangan.