Gaz kondensati, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash natijasida ogʻir uglevodorodlarni ajratib olish natijasida hosil boʻlgan mahsulot boʻlib hisoblanadi. Uning oʻrtacha zichligi 0,715 - 0,735 g/sm3 ni tashkil qiladi. Gaz kondensatining sifati TSt 39.0-02:2004 tarmoq standarti talablariga asosan nazorat qilinadi. Gaz kondensati neftni qayta ishlash zavodlariga joʻnatiladi.