"O‘zbekneftgaz" AJning 2023-yil 13-fevral kunidagi 02/16-26 faksogrammasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi "O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-144 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-fevral kuni Favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini zilzila yuzaga kelgan vaziyatda qanday harakat qilish kerakligi yuzasidan bilim saviyasini oshirish bo‘yicha “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ishchi-xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, G‘uzor harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv xizmati, “Sho‘rtan GKM” MCHJ obyekt binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi, majmua sanoat xavfsizligi va texnika nazorati xizmati, sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasi xizmati, Safarbarlik chaqiruv ishlari va fuqaro muhofazasi guruhi mutaxassislari tomonidan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, qanday harakat qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha majmua ishchi-xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan videolavhalar namoyishi va ko‘rgazmali qurollar orqali ma’lumotlar berildi.
Bu kabi seminarlarni o‘tkazishdan maqsad, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ishchi-xodimlarini tabiiy va texnogen xususiyatli vaziyatlar sodir bo‘lganda muhofazalanish va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishdan iboratdir.
«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|