"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisining topshirig‘i bilan jamiyat tasarrufidagi korxona va boshqarmalarda energiya resurslari sarfini kamaytirishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirishga hamda energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari keng joriy etilmoqda.
Xususan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida o‘rnatilgan DE-25/14-GM tipdagi 3 ta Bug‘ qozonlarida rejaga asosan to‘la ta’mirlash ishlari malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.
Natijada, bug‘ qozonlarining foydali ish koeffitsienti 75–80% dan 90–92% ga ko‘tarildi. Yoqilg‘i energiya resurslari sarfi yiliga 2,5 mln kub metrga va ularning atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga erishildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan