2019 yil 27 sentyabr kuni majmuaning katta majlislar zalida O'zbekiston yoshlar ittifoqi majmua BTning 2019 yilgi ish rejasiga binoan 1 oktyabr – “O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Polietilen ishlab chiqarish sexining “UzClear” jamoasi va Bug' gaz havo ta'minoti sexining “Energy” jamoalari o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yining final bosqichi o'tkazildi.
1 oktyabr – “O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ushbu “Zakovat” intellektual o'yining final bosqichida kutilmagan yangilik sifatida finalga chiqqan jamoalarga qarshi ularning ustozlari, jumladan Bug' gaz havo ta'minoti sexi boshlig'i N.Turdiqulov, Polietilen ishlab chiqarish sexi boshlig'i B.Mamatov, Zavod markaziy laboratoriyasi boshlig'i B.Mallayev, Bosh texnolog o'rinbosari O.Yo'ldoshev, Bosh mexanik o'rinbosari S.Quvatovlardan iborat 3-jamoa, ya'ni “Ustozlar” jamoasi ham ishtiroki, intellektual o'yinni yanada qizg'in tus olishini ta'minladi.
“Zakovat” intellektual o'yinining final bosqichida har bir raundda 10 tadan, jami 3-raundda 30 ta savol ishtirokchilarga o'qib eshittirildi. Qizg'in bahs va munozaralarga boy tarzda o'tgan ushbu galgi “Zakovat” intellektual o'yining final bosqichida Polietilen ishlab chiqarish sexining “UzClear” jamoasi 1-o'rinni, “Ustozlar” jamoasi 2-o'rinni, Bug' gaz havo ta'minoti sexining “Energy” jamoasi esa 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.
Shuningdek, “Zakovat” intellektual o'yining final bosqichini yanada qiziqarli o'tishini ta'minlash maqsadida har bir raundning o'rtasida “Topqir tomoshabin” tanlovi ham o'tkazildi. “Topqir tomoshabin” tanlovida Ishchilar shaharchasi UJFX komendanti I.Rajabov va Ichki suv ta'minoti sexi apparatchisi X.Eshboyevlar berilgan savollarga to'g'ri javob berishib, g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
“Zakovat” intellektual o'yining natijasiga ko'ra 1-, 2- va 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar hamda “Topqir tomoshabin” tanlovi g'oliblari majmuaning qimmatbaho sovg'alari va diplom bilan taqdirlandilar.