Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda O‘zbekiston energetika, neft va gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tashkil etilgan Yoqilg‘i-energetika kompleksi yoshlarining (YEK) birinchi Yoshlar Forumiga start berilgan edi.

“Yoshlik energiyasi” shiori ostida o‘tkazilayotgan forumning ikkinchi kunida 500 nafardan ortiq ishtirokchilar uchun “Tizimli va kreativ fikrlash”, “Shaxsiy o‘sish va o‘z-o‘zini rivojlantirish”, “Loyiha va jarayonlarni boshqarish”, “Individual va jamoaviy ishlash”, “Sohalararo aloqa” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

 


Xususan, ushbu trenninglarda “Eriell Group”ning yosh mutaxassislari va ishchi-xodimlari, O‘zbekistondagi eng yirik xorijiy investor kompaniya – “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlari, Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasidagi neft-gaz va sanoat qurilish bozoridagi eng yirik “EPC” kompaniyasining yosh mutaxassislari, “Enter Engineering” Pte. Ltd kompaniyasi innovatsion loyiha taqdimotlari bilan, shuningdek, “ACWA Power”, “Masdar” va “Siemens Energy” kabi boshqa kompaniyalar, jumladan, yoqilg‘i-energetika sohasidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.


Effect.uz jurnalisti Abror Eshonxonov “Uzatom” agentligi xodimi Qosimjon To‘xtaoxunovdan “Yoshlar energiyasi” shiori ostida o‘tkazilayotgan forumning foydali tomonlari haqida so‘radi.


“IT texnologiyasi rivojlanmoqda, yoshlarning hayoti ham internetda o‘tmoqda. Hozirgi vaqtda yoshlarga jonli muloqot yetishmayapti. Shuning uchun bunday forumlarni o‘tkazish ularga juda katta foyda beradi. Ular bir-birlari bilan fikr va tajriba almashishadi, ustozlardan bilmagan narsalarini so‘rab o‘rganishadi forumning asosiy yutug‘i ham shunda”, – deydi Qosimjon To‘xtaoxunov.

 

Belarusdan kelgan LLS “Naftan” kompaniyasi xodimi Mayorova Yeketerina O‘zbekiston haqida ilk taasurotlarini biz bilan bo‘lishdi.

 


“O‘zbekistonga birinchi bor kelishim, bu mamlakat menda iliq taasurot qoldirdi. Ayniqsa “Yoshlar energiyasi” shiori ostida o‘tayotgan ushbu forumda ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar bilan fikr va tajriba almashdim. Men o‘zim aynan shunday sohada ishlayman, kelajakda bu yerda o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarim o‘zimga juda as qotadi”, – deydi belaruslik mehmon.

Qolaversa, bugungi o‘tkazilgan trenning haqida Buxoro magistral tarmoqlari izolyatsiya xizmati rahbari Farhod Jumaev forum haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu forumga bizni, o‘zimiz kabi yoshlar bilan fikr va tajriba almashish uchun taklif qilishdi. Bundan minnatdorman. Forumda olgan bilimlarni kelajda ishlatishga harakat qilaman va bunday forumlar yanada ko‘proq bo‘lib o‘tish tarafdoriman”, – dedi Jumaev.

 

Фото. Алишер Кўчимов

Shundan so‘ng, forum ishtirokchilari uchun “Zakovat” intelektual shousi tashkil qilindi. Ushbu bilimlar bellashuvida “Energy” jamoasi g‘alaba qozondi. G‘olib jamoa sardori Alisher Ko‘chimov (“O‘zbekko‘mir” aktsiyadorlik jamiyati, yoshlar ittifoqi yetakchisi) Effect.uz uchun intervyu berdi.

Ushbu forumda energetika strukturasidagi yoshlar qatnashmoqda, bu yerda biz o‘zimizga tanish bo‘lmagan, ya’ni, bitta sohada ishlaydigan, ammo o‘zaro tanish bo‘lmagan yoshlar bilan tanishyapmiz. Guruhlar bilan mashg‘ulotlar olib boryapmiz, birga turli xil treninglarda ishtirok etmoqdamiz.

 

Men juda hayajondaman, chunki to‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, oldin ko‘p forumlarda ishtirok etganman, lekin bunaqasi oldin bo‘lmagan edi. Bu yerda tashkiliy ishlar, tadbirlar, barcha-barchasi eng yuqori darajada.

Mana hozir “Zakovat” intelektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda bizning “Energy” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Haqqoniylik yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar shunchalik yuqoriki biz bu narsalardan, albatta xursandmiz va Xudo xohlasa, bundan keyingi forumlar bugungisidan namuna olgan holda yana ham yuqoriga intiladi deb o‘ylayman.

Ma’lum bo‘lishicha, turli shahar, turli o‘quv yurtlaridan tashrif buyurgan talabalarni bu yerda aralash holatda guruhlarga bo‘lishgan. Bu holat sizlarga qanday ta’sir qildi?

Birinchi kelgan paytimizda biz o‘z jamoamiz – “O‘zbekko‘mir” aktsiyadorlik jamiyatidan 22 nafar yoshlar tayyorlangan holda kelgan edik. Lekin bu yerda bizni boshqa-boshqa guruhlarga bo‘lib yuborishdi. Masalan, shaxsan o‘zimda ham shunday holat bo‘ldi. O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar bilan alohida guruhga tushdim.

Boshida bu narsani yaxshi qabul qilmagan edik. Ammo hozirda bu to‘g‘ri qaror bo‘lganligiga amin bo‘ldik. Chunki bir-birini tanimaydigan bolalar o‘zaro tanishishdi, fikr almashishdi, ma’lumotlar o‘rtaga tashlandi. Sohalarimiz borasida o‘zaro suhbatlar uyushtirdik va shu jamoalar bilan treninglarda, sport sohasida qatnashdik, “Zakovat” shousida bilimlar jangiga kirishdik va bu jarayonlarda xuddi aka-uka yoki undanda yaqin bo‘lib ketdikki, bu zo‘r voqelik bo‘ldi. Bundan barchamiz judayam xursandmiz.

 


Men Effect.uz saytini bevosita kuzatuvchisi hisoblanaman. Ya’ni boshqa saytlar kabi Effect.uz`ni muntazam kuzatib boraman. Saytning yangi ochilgan paytidagi bilan hozirgi holatida ancha yuqoriga siljish bor. Misol uchun Effect.uz «Yoshlar» yiliga bag‘ishlab o‘zini ko‘p loyihalarini ishga tushirib, ya’ni yoshlar forumlarida faol bo‘lib yoki qandaydir tadbirlarda yoshlarning eng chuqur holatiga kirib bora olayotgan ekan men bu sayt jamoasiga omad tilab qolaman.


 
 

Bu tadbirdan keyin forum ishtirokchilari uchun turli-hil sport musobalaqari tashkil etildi va kechda Kinemotografiya ijodkorlari tomonidan “Meros” filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Energetika vazirligi tomonidan tashkil etilgan Yoqilg‘i-energetika kompleksi yoshlarining (YEK) birinchi Yoshlar Forumi davom etmoqda. Mazkur tadbir davomida Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “Meros” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi va unda rejissior, aktyor hamda aktrisalarning shaxsan o‘zlari ishtirok etishdi.

Mazkur premyera yakunida Effect.uz axborot anentligi muxbirlari film rejissiori Akbar Berdiev hamda aktrisa Aysanin Yusupova bilan qisqacha suhbat uyushtirib, forum haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Aysanin Yusupova (aktrisa): Avvalambor barchaga Assalomu alaykum, Energetika vazirligi tomonidan yoshlarni bir joyga yig‘ib, atrofga energiya tarqatib, yaxshi tilaklar bildirilib, yaxshi ishlar olib borilyapti. Tashkilotlarga raxmat!

Akbar Berdiev (aktyor): premyerada qatnashib, juda katta taassurotlar bilan turibmiz. 500dan ortiq yoshlar yig‘ilib, katta forum tashkil qilinibdi. Tashkilotchilarga katta raxmat. Bunday forumlarning bo‘lib turishi, albatta, yoshlar uchun juda foydali va ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Olayotgan ilmlari, amaliy, nazariy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi degan umiddaman.

Eslatib o‘tamiz, Forumda ishtirok etayotgan mashhur aktyor va aktrisalar O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan jalb qilindi.

 

Манба: Effect.uz