“Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.

6-Dekabr, 2017-yil Majmua yangiliklari

Joriy yilning 29 noyabr kuni majmuada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur targ‘ibot aksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, davlatimiz tomonidan yosh tadbirkorlar va yosh oilalarga berilayotgan imkoniyat hamda imtiyozlarni keng targ‘ib etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni maqsadida amalga oshirildi.

Ushbu loyiha doirasida targ‘ibot guruhi a’zolari majmua yosh ishchi-xodimlar bilan muloqot o‘tkazib, korxonada tuzilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti faoliyati bilan tanishdilar. Muloqot mobaynida asosiy qonunimizning mazmun-mohiyati va hayotimizdagi ahamiyati to‘g‘risida yoshlar bilan suhbat olib borildi.

Targ‘ibot loyihasi davomida majmua yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.