30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston energetika, neft-gaz va gealogiya xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan Toshkent viloyatining Nomdanak qishlog‘ida joylashgan "Rano Eco Village" sayyoxlik maskanida “Yangi kasaba uyushmalarida - yoshlar siyosati“ mavzusida ikki kunlik seminar-trening va "Ecoturizm" tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va gealogiya tarmoqlari tizimida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, yoshlarga oid davlat siyosatinining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga keng jalb etish hamda yoshlarda ekologik madaniyatni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, "Ecoturizm" dasturi asosida ECO ferma va ECO yo‘laklar bo‘ylab ECO sayr hamda turli xil qiziqarli sport musobaqalari tashkil etildi.
Ushbu tashkil etilgan seminar-trening va "Ecoturizm" tadbirlarida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning ikki nafar iqtidorli yosh xodimlari Rasulov Akbarali va Jalilov Abdukarimbek faol ishtirok etishdi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|