Yosh kadrlar Qarshi shahri ko‘chalariga 1 000 ga yaqin manzarali ko‘chatlarni ekishdi

Davlat rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tizim tashkilotlarida ham ko‘chat ekish ishlari davom ettirilmoqda.

Umummilliy loyihaga “O‘zbekneftgaz” AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan jamiyat tarkibidagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar ham o‘z hissaslarini qo‘shishdi.

Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, “Uzbekneftegaz GTL” zavodi hamda “Qarshi neft bazasi”ning 200 nafardan ortiq yosh kadrlari davlat rahabarining tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar.

Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va qayta ishlash zavodlarning yosh kadrlari Qarshi shahrining Amir Temur ko‘chasiga 1 000 ga yaqin manzarali ko‘chatlar ekib, Qarshi shahar hokimligining mas’ullariga topshirishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz