Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspektsiya” va “O‘zenergoinspektsiya” tomonidan Respublika iqtisodiyoti sohalarida yoqilg‘i-energetika resurslarining sarfini me’yorlash bo‘yicha TARTIB ishlab chiqildi va ushbu tartib Energetika vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilib 2020 yil 20 avgust kuni Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasini qaroriga asosan tasdiqlandi.
Amaldagi me’yoriy hujjat 1979 yilda sobiq SSSR davrida ishlab chiqilgan bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlarining oxirgi 30 yil ichida jadal suratlarda o‘sishi, energiya tejamkor texnologiyalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etilishi, shuningdek, mamlakatimizning energiya iste’moli rivojlangan davlatlarga nisbatan yuqoriligi amaldagi me’yoriy xujjatni yangilashni taqqozo etdi.
Xususan ushbu me’yorlash xujjat, iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini oqilona taqsimlash, ulardan samarali foydalanish va yoqilg‘i sarfini optimallashtirishning yagona uslubiy yondoshuvini belgilaydi.
Shu bilan birga, korxona va tashkilotlardagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar hamda me’yorlari aniqlanadigan sohaviy uslubiyot va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish, taxllilar olib borish imkonini beradi.
Mazkur me’yorlash tartibi 2020 yil 1 noyabrdan boshlab joriy etiladi va 2021 yil 1 yanvardan boshlab har chorak yakuni bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarining sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil etib boriladi.
Me’yorlash tartibi bo‘yicha to‘liqroq ma’lumot olish uchun, ushbu xujjat bilan tanishib chiqishlaringizni va ish jarayonida undan foydalanishingizni tavsiya etamiz.
“Me’yorlash tartibi” “O‘zneftgazinspektsiya”ning www.uzngi.uz rasmiy saytiga joylashtirilgan.
“O‘zneftgazinspektsiya” axborot xizmatidan