"Sho‘rtan gaz kim iajmuasi" MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o‘zining keng ko‘lamliligi hamda ko‘plab maqsadlarga mo‘ljallanganligi bilan respublikamiz iqtisodiyotida turli tarmoqlarining barqaror va samarali rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Ushbu rivojlanish zanjirining bir xalqasi sifatida majmuaning Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati tomonidan ham muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan bir qator tizimli va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati tomonidan joriy yilning birgina yanvar oyida birja savdolari orqali tashqi va ichki bozorga jami 9,5 ming tonna polietilen granulasi, 10,2 ming tonna suyultirilgan gaz, 124 tonna texnik oltingugurt, 82,1 ming p/m polietilen quvurlar, 12,3 ming p/m tomchilatib sug‘orish tizimi shlanglari hamda 82,1 ming m² alyuminli kompozit panellar kabi mahsulotlar iste’molchilarga yetkazib berildi.
Shu bilan bir qatorda, Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati tomonidan korxonaning marketing tadqiqotlarini olib borish, mahsulotlarga bo‘lgan talablarini qondirish uchun qisqa, o‘rta va uzoq muddatli marketing va ishlab chiqarish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, mahsulotlarni reklama faoliyatini yanada sifatli tashkil qilish, tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tayyorlash va tuzish, mahsulotlarni yetkazib berish rejalarini o‘z vaqtida va shartnomalarga muvofiq nomenklatura bo‘yicha bajarilishini ham ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|