2018 yil 25 dekabr kuni Qarshi shahridagi “Baxtli oila” restoranida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ mehnat jamoasining 2018 yil yakunlari va yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori Sh.Aslanov, “Oʻzatom” Agentligi rahbari oʻrinbosari B.Mansurov, “Shurtanneftgaz” MCHJ direktori Sh.Jabborov, “Gissarneftgaz” MCHJ direktori N.Berdiyevlar tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ mehnat jamoasini yangi kirib kelayotgan 2019 yil bilan tabriklab, oʻzlarning samimiy tilaklarini bildirishdi.
Shuningdek, bayram tadbiri mobaynida majmuada koʻp yillik mehnat faoliyati, yuqori bilim va malakasi hamda korxona rivojiga qoʻshayotgan beqiyos hissasi kabi xizmatlari uchun majmua bosh texnologi X.Toshboyev “2018 yil xodimi” nominatsiyasi boʻyicha, mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarishdagi murakkab vazifalarni amalga jarayonida mukammal yechim asosida samaradorlikka erishganligi uchun Etilen ishlab chiqarish sexi mehnat jamoasi “2018 yilning eng samarador jamoasi” nominatsiyasi boʻyicha, mehnat jamoasida mehnat qonunchiligi va mehnat tartib-qoidalariga muvofiq ishlar tashkil etilganligi hamda majmuada yuqori mehnat intizomiga erishganligi uchun TM va XA sexi mehnat jamoasi “2018 yilning eng intizomli mehnat jamoasi” nominatsiyasi boʻyicha va mehnat jamoasida belgilangan vazifalarga sidqidildan yondoshishi va halol mehnati, jamoat ishlarida faoli ishtiroki uchun Koʻkalamzorlashtirish tarmogʻi mehnat jamoasi “2018 yilning eng faol mehnat jamoasi” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilib majmua diplomi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Bayram tadbirida Qashqadaryo viloyatidan va respublikadan tashrif buyurgan bir guruh xonandalar tomonidan yangragan diltortar qoʻshiqlar va betakror chiqishlari barchaga xushkayfiyat ulashdi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu tadbir kirib kelayotgan yangi 2019 yil oldidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ mehnat jamoa aʼzolariga quvonch baxsh etdi.