"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarning samaradorligini oshirish, ishchi-xodimlar orasida milliy dunyoqarashni yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi amalda" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida, majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan, bugungi kunda yurtimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar borasida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, o‘zbek va qozoq xalqlarining abadiy do‘stligi, an’analari haqida hikoya qiluvchi “Meros” badiiy filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, mazkur badiiy film Peru va Hindiston davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda qatnashib, «Yilning eng yaxshi xorijiy filmi» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2022 yil may oyida Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Zolotoy Vityaz” kinoforumida “Qozoq va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi an’ana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun” maxsus diplom bilan taqdirlangan.

Shuningdek ushbu tadbir davomida, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Breyn-ring" intellektual shousining 2023 yilgi mavsumiga start berildi.

"Breyn-ring" intellektual shousining 2023 yildagi birinchi bellashuvi Avtotransport ta’minoti xizmatining "Avtomobilchilar", Majmua xotin- qizlaridan tashkil topgan "Brilliant",  SHGKM ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi guruhining "Upgrade" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra "Avtomobilchilar" jamoasi 5 ball bilan dastlabki bellashuv g‘olibiga aylandi.

"BRЕYN RING" intellektual shousining dastlabki bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan intellektual shouning dastlabki bellashuvida eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan, "Avtomobilchilar" jamoasi a’zosi Shaxlo Azimovaga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|