2019 yil 8 may kuni “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJning ishchilar shaharchasida majmuada mehnat qilib kelayotgan Аfgʼoniston urushi qatnashchilari uchun 9 may – Xotira va qadrlash kuni kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʼtkazildi. Ushbu bayram tadbirida majmua maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi tadbir ishtirokchilarini ushbu bayram bilan tabrikladilar.
Majmuada mehnat qilib kelayotgan 17 nafar Аfgʼon urushi ishtirokchilarining har biri ish beruvchi tomonidan Respublikada oʼrnatilgan eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida moddiy ragʼbatlantirildilar.