“O‘zbekneftgaz” AJ “Sanoat va ekologik xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi” departamentining 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan, 2021-yil 16-iyun kuni “Xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, xavf va risklar bo‘yicha ishlash” bo‘limining mutaxassislari tomonidan o‘quv seminari tashkil qilindi.

Seminar “ISO 45001:2018 i ISO 14001:2015 Xalqaro standartlarining asosiy tushunchalari va “O‘zbekneftgaz” AJ bilan pudratchi tashkilotlar o‘rtasida shartnoma tuzishda taqdim etiladigan sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi nizomining mohiyati” to‘g‘risidagi mavzu doirasida o‘tkazildi.

“Qarshi neft bazasi” MChJ majlislar zalida o‘tkazilgan o‘quv seminarida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi “Qarshi neft bazasi” MChJ, “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ va “Muborakneftgaz suv ta’minot” MChJ xodimlarining 26 nafari ishtirok etishdi.

Seminar davomida standartlar tarixidan ma’lumotlar, xavfsizlik madaniyatining tushunchasi, sog‘liqni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash tizimini boshqarish, “O‘zbekneftgaz” AJ bilan pudratchi tashkilotlar o‘rtasida shartnoma tuzishda taqdim etiladigan sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi nizomining mohiyati haqida tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, mutaxassislar bilan ayni mana shu yo‘nalishlarda muhokama o‘tkazilib, fikr almashinildi.

Sanoat va ekologik xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi departamentining yetakchi mutaxassisi
Laziz Abdullayev tayyorladi

 

 

www.sgcc.uz