Internetdagi Instagram tarmog‘i orqali “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan qo‘yilgan rasmiy ma’lumotdan foydalangan holda aksiya o‘tkazilayotgani borasida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, yolg‘on axborot tarqatilmoqda.
Internet foydalanuvchilarini aldash yo‘li orqali, 10,00 AQSH dollar mablag‘ga ega reklama kuponi taqdim etilishi hisobiga ushbu postni targ‘ib qilish va ko‘proq odamlarga yetkazish so‘raladi.
10,00 dollarlik mablag‘ning taqdim qilish haqidagi bu yolg‘on chaqiriq orqali firibgarlar o‘z guruh yoki kanallarida sun’iy ravishda foydalanuvchilarni ko‘paytirishga yoki telefon nomer va plastik karta ma’lumotlarini bilib olib, hisobdan pul yechib olishga urinishlari mumkin.
Hurmatli internet foydalanuvchilari “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang. Bunday aksiyaga “O‘zbekneftgaz” AJning mutloqo aloqasi yo‘q va bu yolg‘ondir.
"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati
Kiberxavfsizlik - O'zbekiston va dunyodagi dolzarb masalalardan
So‘nggi yillarda kiber xurujlarning yangi, o‘ta destruktiv turlari ommalashishi va ularning yanada global tus olishi kuzatildi. Ular orasida ... batafsil ushbu - videoda