“O‘zbekneftgaz”AJ Boshqaruv raisi boshchiligida prognoz ko‘rsatkichlarining birinchi yarim yillik natijalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev raisligida prognoz ko‘rsatkichlarining birinchi yarim yillik natijalari, mavjud qoloqliklarni bartaraf etish va ikkinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalari kabi masalalar bo‘yicha tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Boshqaruv raisi tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi 16,9 mlrd kub.metrni (o‘tgan yilga nisbatan 100,7%), gaz kondensati 724 ming tonnani (106,2%), neft 103,5 ming tonnani (108,9%) tashkil etgani, tabiiy gaz zaxiralari 7 mlrd.kub.metrga (100,5%), gaz kondensati zaxiralari - 273,2 ming tonnaga (109,3%) o‘sgani aytib o‘tildi.
Investitsiya dasturiga kiritilgan 11 ta loyiha bo‘yicha jami 846,5 mln. dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi (105%), mahalliylashtirish dasturi doirasida 544,1 mlrd. so‘mlik mahsulotlar (116,1%) ishlab chiqarildi, importni qisqartirish 125,4 mln. dollarni (109,4%) tashkil etdi.

Birinchi yarim yillikda 47 ta yangi quduqlar burg‘ulandi, 294 ta quduqlar mukammal va joriy ta’mirlandi, 20 ta texnologik obyektlarda modernizatsiya, rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Natijada qo‘shimcha 994,3 mln kub metr tabiiy gaz, 21,9 ming tonna kondensat va 1,2 ming tonna neft qazib chiqarishga erishildi.
Tabiiy gaz qazib chiqarishda ishtirok etayotgan har bir ishchi-xodimlarning mehnati alohida e’tirof etilib, keyingi yarim yillikda natijani bundanda yaxshilash bo‘yicha alohida topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Avtobenzin ishlab chiqarish 399,9 ming tonnani yoki 121,7%, dizel yonilg‘isi 345,5 ming tonna (88,2%), suyultirilgan gaz 311,9 ming tonna (99,1%), polietilen 67 ming tonna (109,2%) tashkil etgani, shu o‘rinda keyingi yarim yillikda ushbu muvaffaqiyatli natijani nafaqat saqlab qolish, balki yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Boshqaruv raisi “O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” tomonidan joriy yilda o‘z mablag‘lari hisobidan 20 ta quduqni burg‘ulab ishga tushirish tadbirlaridan may-iyun oylarida 4 ta quduq burg‘ulashdan tugatilganini, aslida bu natija mutloqo qoniqarsiz ekanligini tanqid qildi. Belgilangan vazifalar to‘liq bajarilmagani va bu holat kelgusida ham takrorlansa qat’iy jazo choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, “O‘zneftgazquduqta’mirlash” korxonasi tomonidan modernizatsiya qilish yo‘nalishida ishlar qoniqarsiz ahvolda ekanligi, uskunalar belgilangan muddatini o‘tab bo‘lganligi sababli ish unumdorligi tobora kamayib borayotgani ham tanqid qilindi.

Boshqaruv raisi tomonidan neftbazalar faoliyatiga ham alohida to‘xtatilib o‘tildi va ayrim neftbazalar tomonidan klasterlarga iyun oyida dizel yonilg‘isi umuman realizatsiya qilinmagani sababli, ishni tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlar bo‘yicha chora ko‘rilishi belgilandi. Yil oxiriga qadar barcha neftbazalarda avtomatlashtirilgan tizimni joriy etilishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, ikki yarim yillikda ham oldimizda katta vazifalar turganligi, jumladan 34,6 mlrd. kub metr tabiiy gaz, 1,6 mln. tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish, 20 mlrd. metr kub tabiiy gaz zaxiralarini o‘stirish, 704,5 ming tonna avtobenzin, 790,3 ming tonna dizel yonilg‘isi, 687,9 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi, 1,4 mlrd. dollar investitsiyalar o‘zlashtirlishini, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishni ta’minlash alohida ta’kidlandi.
Tizimdagi har bir rahbar va xodimlarga sinov yili bo‘lib, birinchi navbatda korruptsiyaga karshi kurashiladi, tartib intizom kuchaytiriladi va mablag‘larni samarali ishlatish yarim yilligi bo‘ladi.
Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qat’iy jazo choralari ko‘rilishi aytib o‘tildi.
Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablaridan kelib chiqib barcha korxonalar, ma’muriy binolari va ishlab chiqarish obyektlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga so‘zsiz rioya qilish choralarini ko‘rishga, ularni uzluksiz ishlashiga shart-sharoit yaratishga korxona rahbarlarining bevosita mas’ulligi yana bir ko‘rsatib o‘tildi.


“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz