"Uzbekneftegaz" AJning Investitsiya loyihalarni amalga oshirish departamenti ma`lumotiga asosan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabridagi PQ-2706 sonli qaroriga muvofiq, "Sho'rtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metani asosida suyultirilgan sintetik yoqilg'i ishlab chiqarish" investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha bo'yicha tabiiy gazni qayta ishlash quvvatlarini kengaytirishni davom etish, uglevodorod homashyosi importini qisqartirish, ichki bozorda sifatli va ekologik toza yoqilg'iga mavjud bo'lgan talabni qondirish, bozorni mahalliy homashyodan ishlab chiqariladigan strategik mahsulotlar bilan ta`minlash ko'zda tutilgan.
Zavod dunyoning neft va gaz kimyosi sohasida yetakchi hisoblanadigan Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsoe (Daniya) va Chevron (AQSH) kabi kompaniyalarning texnologiyalari asosida loyihalashtirilgan.
Bugungi kunda loyiha doirasida EPC shartnomasi 84% dan ziyodga bajarildi.
manba: "Uzbekneftegaz" AJ Matbuot xizmati