"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metan gazi bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasi bo‘yicha "Uzbekistan GTL" zavodini yoqilg‘i gazi bilan ta’minlash quvurining qurilish-montaj ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda.
Hozirda, ushbu gaz quvurlarini belgilangan tartibda ko‘mish va zichlash ishlari bajarilib, endilikda mustahkamlik bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshirish mo‘ljallangan.
Yoqilg‘i gaz quvurini foydalanishga topshirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan bo‘lib, "GTL" va "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" oralig‘i va tashqi hududlarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonda va butun dunyoda vujudga kelgan epidemiologik vaziyatga qaramasdan, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqadagi eng yirik bo‘lgan zavod qurilishi davom etmoqda. Ushbu strategik muhim loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan har bir xodimning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha barcha zarur profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilgan.
Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini joriy yilning dekabr oyiga qadar tugatish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan