Joriy yilning 29 iyun kuni “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda uzoq yillar mobaynida texnik konsulьtant sifatida xizmat ko’rsatib kelgan mutaxassis Joze Da Silvani nafaqaga kuzatish marosimi o’tkazildi.

Tadbirda so’z olganlar Joze Da Silvani ko’p yillik mehnat faoliyat mobaynida majmua ravnaqiga qo’shgan hissasi, profilaktik ta'mirlash jarayonidagi faol ishtiroki, shuningdek majmuada joriy etilgan ustoz-shogird an'analarining ma'naviy asoschisi sifatida e'tirof etilishi to’g’risida o’z fikr mulohazalarini bildirishib, alohida minnatdorchilik bildirishdi