"O'zbekneftegaz" AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning tashabbusi va topshirig'iga binoan, Avtomobillarga yoqilg'i quyish stantsiyalari tarmog'i "UNG Petro" korxonasi yuqori sifatli motor moylarini, antifriz va avtomobillar uchun boshqa kerak bo'luvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi.

"O‘zbekneftgaz" AJga qarashli ushbu korxona faoliyatini yanada rivojlantirish va iste’molchilarga xizmat qilish turini kengaytirish maqsadida yuqori sifatli motor moylari, antifriz va boshqa shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Korxona rahbari Mirzohid Musaevning ma’lum qilishicha, xorijdan import qilingan, xususan Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlardan import qilingan prisadkalarni qo‘shish orqali yevropa standartlariga javob beruvchi motor moylari tayyorlanmoqda.

"UNG Petro" korxonasi shuningdek, antifriz mahsulotini ham sotuvga chiqarmoqda.

Ushbu mahsulotlar asosan Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stantsiyalari tarmog‘ida va ular hududida joylashgan motor moylarini almashtirish shoxobchalari orqali joriy yilning 9 iyun sanasidan boshlab sotuvga chiqariladi.

"UNG Petro" korxonasining AYoQShlarida sotilayotgan bu mahsulot turlari va ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida ma’lumot olishni istasangiz, korxonaning @UNG_Petro_Bot telegram kanaliga ulanishingiz mumkin.

 

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz