Ishlab chiqarish jarayonlari hamda prognoz ko‘rsatgichlarining bajarilishida bevosita transport vositalarining o‘rni alohida. Transport vositalarini texnik soz holatda ishlashini ta'minlash va ortiqcha sarf xarajatlarning oldini olish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning ko‘rsatmasi bilan 2021-yilda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi zavod va boshqarmalariga qarashli bo‘lgan avtomototransport vositalari va maxsus texnikalari “GPS” moslamalari bilan to‘liq jihozlandi.

Yangi texnika va texnologiyalar asri zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab etadi. Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Transport va maxsus texnika departamenti tomonidan aksiyadorlik jamiyatiga qarashli avtomototransport vositalari va maxsus texnikalarga o‘rnatilgan “GPS” monitoring moslamalarining texnik holati doimiy ravishda o‘rganib boriladi.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Shurtan gaz kimyo majmuasi avtosaroylarida o‘tkazildi.

Ma'lumki, “GPS” monitoring moslamalari orqali avtomototransport vositalari va maxsus texnikalarni masofadan turib, ularning bosib o‘tgan masofalarini, ishlagan ish soatini kunlik kuzatib borish imkoniyatini beradi. Buning natijasida ortiqcha sarf xarajatlarni oldini olish mumkin.

Kelgusida “GPS” monitoring moslamalarining uzluksiz ishlashi, avtotransport vositalari va maxsus texnikalarining harakatlanish yunalishini to‘liq nazorat qilib borish maqsadida Transport va maxsus texnika departamenti va Shurtan gaz kimyo majmuasining malakali mutaxassislari bilan birgalikda doimiy nazorat hamda yangiliklar ustida hamkorlik davom ettirib boriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz