Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida ishlatiladigan qurilmalarning namunali maketlari, majmuaning "Ichki suv ta’minoti" sexi xodimlari tomonidan yasalmoqda.
Ushbu maketlar yordamida majmua o‘quv markazi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida, majmua ishchi-xodimlarining bilim va ko‘nikmalari muntazam ravishda oshirib boriladi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur sex xodimlari tomonidan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining umumiy ko‘rinishdagi maketi ham yasalgan.