Shoʼrtan gaz kimyo majmuasining Tayyor mahsulot va xom ashyo sexida Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi "Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ obyekti binolarida yongʼin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish boʼlimi harbiy xizmatchilari ishtirokida navbatdagi profilaktik tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirda majmua ishchi-xodimlarini yongʼin xavfsizligi qoidalariga har doim amal qilishlari, shuningdek, yongʼinlarni oldini olish va yongʼin oʼchirish vositalaridan foydalanish tartibi boʼyicha tushuntirish va targʼibot ishlari olib borildi.

Shu kabi profilaktik tadbirlar tabiiy va texnogen tusdagi yuzaga kelishi mumkin boʼlgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqarish va boshqa shoshilinch ishlarni aniqlash, tashkillashtirish va amalga oshirishda majmua maʼmuriyati, qoʼmondonlik shtabi va majmuada shakllantirilgan fuqaro muhofazasi tarkibining faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning mahoratini oshirish, shuningdek, strategik muhim sanalgan hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan favqulodda vaziyatlar, qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni bajarishda nazorat organlari, obyekt boʼlinmalarining harakatga tayyorlik darajasini oshirish yoʼlida xizmat qiladi.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz