2005-yil
Etilen ishlab chiqarildi
13-oktabr kuni loyiha quvvatiga etilen ishlab chiqarildi.
"Lochin" bolalar oromgohi ishga tushirildi
Shahrisabz tumani Miraki qishlog‘ida “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ishga tushirildi.
TUV CERT xalqaro sertifikati olindi
TUV CERT nemis sertifikatlashtirish tashkiloti yordamida korxonada ISO 9001:2000 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi muvaffaqiyati joriy etildi va sertifikat olindi.
2006-yil
"Qarshitermoplast" majmua balansiga o‘tkazildi
10-iyul kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406 sonli qaroriga asosan “Qarshitermoplast” (O‘zbekiston, Qarshi shahri) korxonasi majmua balansiga o‘tkazildi va polietilen kimyoviy jihatdan barqaror bo‘lgan 0-40C gacha haroratdagi suyuqlik va gazsimon moddalarni uzatish uchun diametri 25 mm dan 250 mm gacha bo‘lgan polietilen quvurlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
"Erkatoy" bolalar bog‘chasi ochildi
15-sentabr kuni Nuriston shaharchasida “Erkatoy” bolalar bog‘chasi ochildi.
"Nuriston" shaharchasida yangi maktab ochildi
Sentabr oyida, Nuriston shaharchasida 844 o‘rinli maktab ochildi.
2007-yil
Polietilen quvurlarni bog‘lovchi qismlar ishlab chiqarila boshladi
Dekabr oyida “Qarshitermoplast” sexida polietilen quvurlarni bog‘lovchi qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
5 yillik nishonlandi
Yanvar oyida ShGKMning ochilishiga 5-yil to‘lgani nishonlandi.
OHSAS 18001 kasbiy xavfsizlik va sog‘liq tizimi joriy etildi
OHSAS 18001 kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni boshqarish tizimiga muvofiq xalqaro standart talablariga javob beradigan kasbiy xavfsizlik va sog‘liq tizimi joriy etildi.
2009-yil
Liniya ishga tushirildi
Iyul oyida ekinlarni sug‘orish suvi tanqis bo‘lgan hududlardagi xo‘jaliklar uchun tomchilatib sug‘orish tizimi butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan liniya ishga tushirildi.
"Erkatoy-3" bolalar bog‘chasi ochildi.
3-fevral kuni Qarshi shahrida “Erkatoy-3” bolalar bog‘chasi ochildi.
2010-yil
"Polipropilen quvurlari" ShK tashkil etildi
Navoiy erkin industrial iqtisodiy zonasida “Polipropilen quvurlari” sho‘’ba korxonasi tashkil etildi.
"Polietilen quvurlari" ShK tashkil etildi
Navoiy erkin industrial iqtisodiy zonasida “Polietilen quvurlari” sho‘’ba korxonasi tashkil etildi.
Polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstruzion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi
May oyida polietilen quvurlar mahsulotlari assortimenti 315 mm dan 630 mm gacha bo‘lgan diametrdagi polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstruzion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi.
Alyumin kompozitli panellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan liniya ishga tushdi
Aprel oyida binolarning old qismini jihozlashga mo‘ljallangan alyumin kompozitli panellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan liniya ishga tushirildi.
2011-yil
Makaron va pechenelar ishlab chiqarish sexi ochildi
Dehqonobod tumanida makaron mahsulotlar va pechenelar ishlab chiqarish sexi ochildi.
Energiya tejovchi chiroqlar ishlab chiqarish sexi tashkil etildi
Dehqonobod tumanida energiya tejaydigan chiroqlar ishlab chiqarish sexi tashkil etildi.
www.sgcc.uz