O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi PQ-309 - sonli "Neft va gaz sohasida ta’lim ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimiga qarashli korxona va tashkilotlarida amalga oshirilayotgan talabalarning sayyor o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Navbatdagi sayyor darslar Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining "Kimyoviy texnologiyasi" va "Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi" kafedrasi 4-bosqich talabalari uchun "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda bo‘lib o‘tdi.

Amaliyot darslari Personalni boshqarish xizmati ko‘magida, Zavod markaziy laboratoriyasida tashkillashtirildi. Ko‘p yillik tajribaga ega ustoz xodimlar bo‘lajak mutaxassislarni zavod laboratoriyasining ish faoliyati, zamonaviy tahlil jihozlari va ularning ishlash mexanizmlari bilan tanishtirishdi.

Ta’kidlash joizki, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ nafaqat talabalar, balki ustoz-pedagoglar uchun ham tajriba almashish va malaka oshirish maskani hisoblanadi. Buning uchun majmuada talabalar va institut pedagoglari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|