Koronavirus tufayli ma`lum muddat tatilga chiqqan talaba o'quvchilar uyga qaytishda muammolarga duch kelib yo'l kira narxi 3 barobarga oshib turganda Toshkent shahrida o'qiydigan Qashqadaryolik 1700 dan ortiq talaba o'quvchilarimizni o'z ota-onalari bag'riga muammosiz bepul qaytishlari uchun 17 mart kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat transport boshqarmasi va IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi masullari hamrohligida o'z tashabbusi bilan chiqqan Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi ko'ngilli haydovchilar bilan poytaxtga yo'l olishgan bo'lsa, Qashqadaryo viloyat hokimi boshchiligida yana qo'shimcha ularning ortidan Qashqadaryo viloyat hokimligi, korxona va tashkilotlar xizmat mashinalari yig'lib Toshkent shahri tomon jo'natildi. Ushbu hayrli tashabbusni qo'llab quvvatlab, o'z hissasini qo'shish maqsadida majmuamiz nomidan 2 ta 50 o'rinli avtobus va 1 ta yengil avtomashina ajratildi.

Toshkentga yetib borgan avtokarvon 18 mart kuni viloyatimiz talaba o'quvchilarini olib Qashqadaryoga eson omon qaytishdi va o'z ota-onalariga farzandlarini topshirishdi.

Ushbu hayrli tashabbusni boshlab boshlab bergan Qashqadaryo viloyat hokimligidan keyin boshqa viloyatlarimizda ham shunaqa tashabbuslar boshlandi.

Bu tashabbus bizning har qanday qiyinchikliklarda ham birlashib, bir kuch bo'lib yengib utishimizni anglatadi! 

 

 

www.sgcc.uz