Joriy yilning 1-2 avgust kunlari “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning barcha bo’lim, sex, xizmat va tarmoq ishchi-xizmatchilari o’rtasida o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalari dasturidan o’rin olgan sportning stol tennis bo’yicha majmua musobaqasi o’z nihoyasiga yetdi.
Musobaqada doirasida 24 nafar ishchi-xizmatchilar o’zaro murosasiz bahs olib borishdi. Qiziqarli va ko‘taringki ruhda o‘tgan bellashuvda erkaklar (Yakkalik) bahsida
1-o‘rin E.Chorshanbiev (Etilen ishlab chiqarish sexi),
2-o‘rin A.Shomurodov (Etilen ishlab chiqarish sexi),
3-o‘rin Z.Tursunov (Mexanik ta’mirlash sex).
Xotin-qizlar o’rtasida o‘tkazilgan (Yakkalik) bahsda
1-o‘rin K.Aminova (Ishchilar shaharchasi UJFX),
2-o‘rin F.Turaeva (Nuriston UJFX),
3-o‘rin Sh.Shavkatova (Ishchilar shaharchasi UJFX)
lar egallashga muvoffaq bo’ldilar.
Shuningdek, musobaqaning juftlik bahsida Z.Tursunov va R.Yahyoev (Mexanik ta’mirlash sex) 1-o‘rinni, E.Chorshanbiev va A.Shomurodov (Etilen ishlab chiqarish sexi), 2-o‘rinni hamda Z. Yahyoev va A.Muqimov (Mexanik ta’mirlash sex) 3-o‘rinni egallashdi. G‘oliblar turnir tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.